Antaliya Gollivud yulduzlariga quchoq ochmoqda

Antaliya Gollivud yulduzlarini mehmon qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

1561612
Antaliya Gollivud yulduzlariga quchoq ochmoqda

Turizm poytaxti Antaliya Gollivud yulduzlarini mehmon qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shaharda Turkiyaning birinchi EXPO maydoni hisoblangan va 2016 - yili ochilgan botanika bog‘i katta film platosiga aylantirilmoqda.

Taniqli rejissyor Gay Richi va mashhur aktyor Jeyson Stetxemni uchrashtiruvchi jangovar filmi “Besh ko‘z” (Five Eyes) Antaliyada suratga olinadi.

Bu borada Antaliyaning Aksu tumanida 4 yil muqaddam “Gul va bola” (Çiçek ve Çocuk) deb nomlangan madaniy ziyofatga quchoq ochgan 121 gektarlik maydonda, kinostudiyalar tashkil etilmoqda.

Ijodiy guruhning shaharning turli nuqtalarida ham suratga olish ishlari olib borishi ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #Jeyson Stetxem , #Gay Richi , #EXPO

Aloqador xabarlar