Erdo‘g‘an: “Xalqimizni, global shamollarda sovurishni xohlaganlarga imkon bermaymiz”.

Prezident Erdo‘g‘an Tunjeli muzeyi, Qoniya Akshehir Tosh asarlar muzeyi va Bursa Turk - islom muzeyining qayta tiklanishi ortidan uyushtirilgan ochilish marosimida ishtirok etdi.

1551773
Erdo‘g‘an: “Xalqimizni, global shamollarda sovurishni xohlaganlarga imkon bermaymiz”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Xalqimizni, daraxtning shoxidan uzilgan hazon yaprog‘idek global shamollarda sovurishni xohlaganlarga imkon bermaymiz”. - dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, videomuloqat orqali Tunjeli muzeyi, Qoniya Akshehir Tosh asarlar muzeyi va Bursa Turk - islom muzeyining qayta tiklanishi ortidan uyushtirilgan ochilish marosimida ishtirok etdi.

Erdo‘g‘an, o‘tmishning kamchiliklarini to‘ldirishga qaraganda ko‘proq o‘tmishdan kelajak sari tashkil etgan ko‘prik orqali xalqqa yap - yangi kelajak taqdim etish uchun kechayu - kunduz mehnat qilganliklarini, kurashganliklarini qayd etdi.

“Hukumatlarimiz davrida yurtimizning demokratiyasi va rivoji uchun katta hissa qo‘shar ekanmiz, madaniyatimiz uchun bergan kurashimizda huddi ana shu masofani bosib o‘tolmaganimizdan xijolatdaman”. - degan Erdo‘g‘an,

“Xalqimizni, daraxtning shoxidan uzilgan hazon yaprog‘idek global shamollarda sovurishni xohlaganlarga imkon bermaymiz”. - dedi.



Aloqador xabarlar