O'zbekistonning Mingbuloq tumanida xalqaro qovun sayli o'tkaziladi

Tumanning, xususan, Alami qishlog'ining tilni yorar qovunlari azaldan mashhur bo'lgan. Uning shuhratini tiklash uchun Alamida xalqaro qovun saylini o'tkazish rejalashtirilmoqda.

1477705
O'zbekistonning Mingbuloq tumanida xalqaro qovun sayli o'tkaziladi

 

 

Mingbuloq tumani (sobiq Zadaryo) Namangan viloyatining eng kenja tumanlaridan bo'lib, 1952-yil tashkil etilgan.

Markaziy Farg'onaning quriq va bo'z yerlarida joylashgan Mingbuloq To'raqo'rg'on, Pop tumanlari hamda Farg'ona, Andijon viloyatari bilan chegaradosh. Markazi Jomasho'y shaharchasidir. Tuman hududidan Sirdaryodan tashqari Qo'qonko'l, Qolgandaryo, To'ng'izko'l, Tegirmonko'l kabi yirik ko'llar o'tgan. Iqtisodiyotining yetakchi tarmog'i paxtachilik, g'allachilik, chorvachilik, bog'dorchilik va polizchilikdir. Shu jihatdan olib qaraganda Cho'lquvarlar diyori agro va ekoturizm salohiyati yuqoriligi jihatidan viloyatda alohida o'ringa ega.

Mingbuloqning yana alohida e'tiborga molik jihati shundaki, u Farg'ona vodiysining eng chuqur nuqtasida joylashgan. Ya'ni qozonning tubi shu yerda. Andijon, Farg'ona, Namangan hamda qo'shni Tojikistonning So'g'd, Qirg'izistonning Jalolobod viloyatlaridan iborat vodiyda 12 million aholi istiqomat qiladi.

Tumanning, xususan, Alami qishlog'ining tilni yorar qovunlari azaldan mashhur bo'lgan. Uning shuhratini tiklash, bu borada mahalliy va tashqi bozorda o'ziga xos brend yaratish maqsadida kelgusida vodiyning yuqorida tilga olingan besh viloyat mirishkorlarini taklif etib, Alamida xalqaro qovun saylini o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Hozirda “Mingbuloq eksport agro tomorqa xizmati” tomonidan Qolgandaryo massivida 100 gektar maydonda qovun yetishtirish, uni sublimatsiya usulida qayta ishlash va eksportga yo'naltirish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha kelgusi yildan hayotga tadbiq etilishi natijasida 200 dan ortiq ish o'rni yaratiladi. Tayyorlangan mahsulot Yevropa davlatlari, BAA, Rossiya, Xitoy va Indoneziyaga yuborilishi, eksport hajmi esa 4,3 milliard dollarni tashkil etishi ko'zda tutilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #xalqaro qovun sayli

Aloqador xabarlar