Turkiyaning Kastamonu viloyatida o’yinchoq kutubxonasi ochildi

"Ushbu kutubxonaning ochilishidan maqsad o’yinchoq sotib olishga qurbi yetmagan kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga bu kutubxonadan bepul foydalanish imkoniyatini berishdir",-dedi Kastamonu hokimi Rahmi G’olib Vidinliog’li.

1464368
Turkiyaning Kastamonu viloyatida o’yinchoq kutubxonasi ochildi

 

Turkiyaning Kastamonu viloyatida o’yinchoq kutubxonasi ochildi.

Ushbu kutubxonada bolalar xohlagan o’yinchog’ini olib, o’ynagandan so’ng, takror olib kelib joyiga qo’yadi. Ayni vaqtda ushbu kutubxona qoshida bolalar bog’chasi ham tashkil etildi.

Kastamonu hokimi Rahmi G’olib Vidinliog’li ma’lum qilishicha, o’yinchoq kutubxonasi 100ta bolaga mo’ljallangan bo’lib, 1298 kvadrat metrlik yopiq maydonga insho etilgan. Ayni vaqtda bolalarning miriqib o’ynashi uchun 1342 kvadrat metrlik ochiq maydon ham mavjud. Bolalar bog’chasi bo’limida esa, 5ta sinf va o’yin zallari, 5ta yotoqxona, oshxona va dars berish xonalari mavjud.

“O’yinchoq kutubxonasida bolalarimiz birgalikda turli o’yinlar o’ynaydilar va bir-birlari bilan baham ko’rishni o’rganadilar. Ushbu kutubxona davlat iqtisodiyotiga katta hissa qo’shadi. Bolalar uyda o’ynamagan o’yinchoqlarini bu yerga keltirib qo’yadilar. Natijada o’yinchoq sotib olishga qurbi yetmagan oilalar bu kutubxonadan bepul foydalanadilar”,-deb aytgan Kastamonu hokimi Rahmi G’olib Vidinliog’li.

 



Aloqador xabarlar