Bibi Seshanba ziyoratgohi haqida ma'lumot...

O'zbekistonning Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani Sultonobod qishlog'ida Bibi Seshanba ziyoratgohi joylashgan.

1453643
Bibi Seshanba ziyoratgohi haqida ma'lumot...

 

 

Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani Sultonobod qishlog'ida Bibi Seshanba ziyoratgohi joylashgan.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, ul zot Hazrati Bahouddin Naqshbandning xolasi Valiy Komila ismli ayol bo'lib, ilohiy bilim borasida yetakchi piru ustozlardan bo'lgan. O'z valiylik karomati ila aziz avliyolarni chorlab, seshanba kunlari tilovati Kur'on, amri ma'ruf o'tkazib, uni hosiyatidan insonlar dardiga shifo, mushkuliga yengillik topgani bois “Bibi Seshanba” nomini olgan. Hozirda bu an'ana “Mushkulkushod” marosimi sifatida momolardan avlodlarga o'tib kelmoqda.

Valiy Komilaning qabri Buxoroda Qasri Orifon qishlog'ida o'z opa-singillari Bibi Orifa va Bibi Musallamlar bilan yonma-yon qo'yilgan.

Qo'rg'ontepadagi tabarruk maskan esa mo'tabar va aziz momomiz nomlari ulug'langan qadamjolardan bo'lib, ul zot bilan bog'lik ziyoratgohlar boshqa hududlarda ham uchraydi.

Bu maskan o'zining shifobaxsh suvli buloqlari bilan ham aziz va muqaddasdir. Maqbara poyidagi “Jannat buloq”, “Sumalak buloq”, “Qiz buloq”, “Ko'z buloq”, “Sho'r buloq” kabi bir necha buloqlar inson jismini hujayralarigacha poklaydi. Tarkibidagi foydali minerallar, makro-mikro birikmalar turli toshma va ichki kasalliklariga, quloq va ko'z xastaliklariga malham bo'lishi aniqlanib, mutaxassislar tomonidan o'rganilgan. Tarixchi olim S.Jalilovning ta'kidlashicha, hatto Qo'qon xonlari ham buloqlarga boy, tabiati go'zal bu so'lim, bahavo maskanda hordiq chiqarib, Navro'z bayramini o'tkazishga odatlangan ekan.

2000-2005-yillarida saxovatpesha insonlar ko'magida ziyoratgoh obodonlashtirildi. Kichkina xona o'rnida an'anaviy milliy me'moriy uslubda mahobatli maqbara bunyod etildi. Ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Bibi Seshanba ziyoratgohi “Diqqatga sazovor joylar” madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Bibi seshanba

Aloqador xabarlar