Migratsiya masalalarini qo‘lga olgan xalqaro film festivali ertaga o‘z nihoyasiga yetadi

Migratsiya masalalarini qo‘lga olgan va dunyoning 30 davlati nomidan 45 ta film namoyish etilgan xalqaro film festivali ertaga o‘z nihoyasiga yetadi.

1439908
Migratsiya masalalarini qo‘lga olgan xalqaro film festivali ertaga o‘z nihoyasiga yetadi

Prezidentlik apparati yetakchiligida Ichki Ishlar vazirligi qoshidagi Migratsiya idorasi tomonidan bu yil birinchisi uyushtirilgan va migratsiya masalalarini qo‘lga olgan xalqaro film festivali ertaga o‘z nihoyasiga yetadi.

Dunyoning 30 davlati nomidan 45 ta film namoyish etilgan festivalning ochilish marosimida bo‘lganidek yakunida ham “Göçün Çığlığı” (Migratsiyaning qichqirig‘i) filmi namoyish etiladi.

Dunyoning to‘rt burchagidan online ravishda yig‘ilgan san’atkorlar "Yemen Türküsü", "Sarı Gelin" va "Altın Hızma" xalq qo‘shiqlarini kuylaydi.   

Marosim yakunida Xalqaro uzun metrajli va xalqaro qisqa metrajli kategoriyalarida yutuqqa erishganlar e’lon qilinadi.



Aloqador xabarlar