Bugun muborak Laylatul-qadr kechasi…

“Laylatul-qadr” so‘zining ma’nosi “belgilash, o‘lchash kechasi”, ya’ni yil davomida turli amal, hukm, rizq, taqdir belgilanadigan kecha degan ma’noni bildiradi.

1419924
Bugun muborak Laylatul-qadr kechasi…

 

Bugun muborak Laylatul-qadr kechasi…

Ushbu kun islom dinida duolar qabul bo’ladigan muborak kun hisoblanadi.

“Laylatul-qadr” so‘zining ma’nosi “belgilash, o‘lchash kechasi”, ya’ni yil davomida turli amal, hukm, rizq, taqdir belgilanadigan kecha degan ma’noni bildiradi.

Bu muborak kechaning qadri ulug‘dir. Qadr so‘zi ikki xil ma’noda – qadri ulug‘, ikkinchisi, miqdor, ya’ni bandalarning taqdirini belgilashdir. Unda insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan bir kecha haqida – insonlarga dunyo hayotidan chin insoniy hayot kechirib o‘tish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib beradigan so‘nggi mukammal ilohiy dasturulamal bo‘lmish Qur’oni karim nozil bo‘la boshlagan nihoyatda qadrli Qadr kechasi va uning fazilatlari haqida so‘z boradi.

“Qadr kechasi”ning darajasi juda baland. Buning asosiy sabablaridan biri  bu kechada Qur’oni karimning nozil bo‘lganligidir.

Bu yil musulmonlar Laylatul-qadr kechasini uylarida toat-ibodat bilan o’tkazadilar.

Turkiya din ishlari boshqarmasi rahbari Ali Erbash ushbu ulug’ kun munosabati bilan bayonot berdi.

“Islom dunyosining mag’firat oyi Ramazonda gunohlar kechiriladigan Laylatul-qadr kechasiga yetib kelganimizdan bahtiyormiz. Ushbu muborak kechaning boshqa kechalardan farqi shuki, bu kechada Qur’oni karimning nozil bo‘lganligidir”,-dedi Ali Erbash.

 


Tanlangan kalimalar: #Ramazon , #Laylatul-qadr kechasi

Aloqador xabarlar