Oʻzbekistonda Gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash to'g'risida qaror...

Mazkur qaror asosida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar dasturi hamda Toshkent shahrida barpo etiladigan Gʻalaba bogʻining konsepsiyasi tasdiqlandi

1412812
Oʻzbekistonda Gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash to'g'risida qaror...

 

Dunyo yaralishidan buyon oʻtayotgan davrlar mobaynida insoniyat turli darajadagi qirgʻinbarot urushlarga, qonxoʻrlik, xunrezliklariga ham guvoh boʻlib kelmoqda. 1939-yilda fashistlar tomonidan uyushtirilgan Ikkinchi jahon urushi ham ana shunday bashariyat tinchligi, hayoti va kelajagiga raxna soluvchi dahshatli hodisa sifatida tarixda oʻchmas iz qoldirdi.

Ushbu shafqatsiz urush millionlab insonlar umriga zomin boʻldi, yuzlab shaharu qishloqlarni vayron etdi, insoniyat hayotini izdan chiqardi, har tomonlama zaiflashtirdi. Bu sovuq urushning sovuq oqibatlari tarix sahifalaridan mangu oʻrin egalladi.Qonxoʻr fashistlarning dahshatli jangu-jadallari ustidan qozonilgan gʻalabada koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining ham munosib hissasi bor.

Oʻsha davrda matonatli Oʻzbek xalqining mard va jasur oʻgʻlonlari ham qalb amri bilan tinchlik va osoyishtalik uchun kurashga otlandilar. Ikkinchi jahon urushi davomida va gʻalabaning dastlabki yillarida Oʻzbek xalqi oʻz boshidan nihoyatda ogʻir va suronli damlarni oʻtqazdi. Frontga safarbar etilgan bir yarim milliondan ortiq alp yigitlarning kattagina qismi jang maydonlarida halok boʻldi, bedarak yoʻqoldi va bir qismi turli darajadagi jarohatlar bilan yaqinlari bagʻriga qayta oldi.

Bugungi tinch va osoyishta, toʻkin va farovon zamonda shu kunlarga yetib kelishga sharafli hissa qoʻshgan, mudhish kunlarni boshidan oʻtqazgan, urush ogʻirliklarini mardonavor yengib oʻtgan zahmatkash, matonatli Oʻzbek xalqi, tinchlik posbonlari nomini yod etish va abadiylashtirish avlodlar zimmasidagi burchdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ana shu borada tashlangan muhim qadam boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Davlat rahbari taʼkidlaganlaridek: “El-yurtimizning urush yillarida koʻrsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, gʻurur-iftixor manbai boʻlib, vaqt oʻtgani sayin bu oʻlmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda”.

Mazkur qaror asosida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar dasturi hamda Toshkent shahrida barpo etiladigan Gʻalaba bogʻining konsepsiyasi tasdiqlandi va mutasaddi idoralarga tegishli koʻrsatmalar berildi.



Aloqador xabarlar