Yevroosiyo kun tartibi 18-qism

Dasturimizning bugungi sonida To‘nyuquq yodgorligining 1300 yilligi munosabati bilan Xalqaro Turk akademiyasi tomonidan uyushtirilgan xalqaro konferentsiya va akademiyaning faoliyatlari haqida so‘z qilamiz.

1408544
Yevroosiyo kun tartibi 18-qism

Dasturimizning bugungi sonida To‘nyuquq yodgorligining 1300 yilligi munosabati bilan Xalqaro Turk akademiyasi tomonidan uyushtirilgan xalqaro konferentsiya va akademiyaning faoliyatlari haqida so‘z qilamiz.

Xalqaro Turk akademiyasi 2020 - yilning 24 – apreli kuni “Buyuk sahro sivilizatsiyasi: To‘nyuquq merosi va zamonaviy turk dunyosi” degan nom ostida xalqaro videokonferentsiya uyushtirdi. Ma’lumki, YuNESKO tomonidan 2020 - yil “Bilga To‘nyuquq yili” deb e’lon qilindi. To‘nyuquq yilining ochilish marosimi mohiyatiga ega bo‘lgan ushbu videokonferentsiyada YuNESKO, Turk kengashi, TurkPA, Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi, TURKSOY kabi xalqaro tashkilotlarning vakillari, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston fanlar akademiyalari, Turk Tili tashkiloti yetakchilari, AQSh, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Vengriya, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston va Turkiya nomidan olimlar ishtirok etdi.

Ochilish marosimidagi nutqlar ortidan olimlar tomonidan bir qator qiziqarli ma’ruzalar taqdim qilindi. Turk akademiyasi tomonidan birinchi marotaba tashkil etilgan xalqaro videokonferentsiya bir necha tillardagi sinxron tarjima orqali yuritildi. Uchrashuvda “Bilga To‘nyuquq” asari tanishtirildi. Asarda To‘nyuquq bitigtoshi matnining transkripsiyasi va 12 tildagi tarjimasi o‘rin olgan.

Mo‘g‘uliston Milliy muzeyi direktori Dagvaadorj Suhbatar konferentsiya ishtirokchilarini muzeydagi To‘nyuquq bitigtoshiga tegishli buyumlar bilan tanishtirdi. Dagvaadorj Suhbatarning To‘nyuquq bitigtoshini YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish haqidagi taklifi ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Tomonlar ushbu masala bo‘yicha birgalikda murojaat qilishni rejalashtirmoqdalar.

Covid – 19 tufayli dunyoda yuz berayotgan vaziyatga qaramay avvaldan rejalashtirilgan “To‘nyuquq yili” tadbirining keyingiga qoldirilmay videokonferentsiya yo‘li orqali bo‘lsa ham davom ettirilishi muhim edi albatta. Turk akademiyasi shu yilning 21 – apreli kuni Ozarbayjon, Boshqirdiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tatariston va Turkiya Fanlar akademiyasi rahbarlarining ishtirokida Turk dunyosi Fanlar akademiyalari ittifoqining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazib unda Covid - 19 ga qarshi kurash va ittifoqning kun tartibidagi masalalarni qo‘lga olgandi. Turk kengashining 2020 - yil 10 - aprelda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sammiti ortidan Turk akademiyasining bu yo‘nalishdagi faoliyatlarini kechiktirmasdan davom ettirishi muhimdir. Akademiya, shuningdek, pandemiya tufayli oxirgi 10 yilda nashr etgan asarlarining elektron variantlarini ham kitobxonlar e’tiboriga havola etdi.

Kelajakda kuchli Turk dunyosining tashkil etilishi, Turk respublikalarining ilm – fan sohasidagi kuchlarini birlashtirishi orqaligina ishga oshishi mumkin. Mushtarak tarixdan mushtarak kelajak tomon sog‘ salomat, shaxdam qadamlar tashlashlik Xalqaro Turk akademiyasi kabi Turk respublikalarining nufuzli tashkilotlarining yana – da ko‘proq masalalar ustidan qaror berish huquqiga ega bo‘lishi, pandemiya kabi noodatiy, kutilmagan va katta qiyinchiliklarga qaramay ko‘zlangan maqsadlar tomon yo‘l ola olishlik, Turk xalqlariga bo‘lgan ishonch va g‘urur bilangina amalga oshishi mumkin.  

Ko‘kturk davlatida vazirlik vazifasini o‘z zimmasiga olgan To‘nyuquq, Turk dunyosining butunlashishi ijhatidan muhim tarixiy shaxsdir. Ko‘kturk davlati davrida turk qavmlarining bir tom ostida birlashtirilishi, davlatning donolik bilan boshqarilishida To‘nyuquq o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunga kelib Turk respublikalari o‘rtasida butunlashishning mustahkamlanishi uchun To‘nyuquqni o‘rnak olish, tarixiy voqealardan saboq olish zarur. To‘nyuquq yili tadbirlarining Turk dunyosining butunlashishiga katta hissa qo‘shishini tilab qolamiz.



Aloqador xabarlar