Bularni bilasizmi 7-qism

Turk olimlar yurakda by-pass operatsiyasiga chek qo’yuvchi yangi metodni o’ylab topganligini bilarmidingiz?

1356223
Bularni bilasizmi 7-qism

 

                                   

       Turk olimlar yurakda by-pass operatsiyasiga chek qo’yuvchi yangi metodni o’ylab topganligini bilarmidingiz?

    Amerikada yashagan turk olim Tibbiyot fanlari doktori Mehmet Chilingiro’g’li optik tomografiya usuli bilan yurak tomirlaridagi torayish natijasida yuzaga keladigan yig’in bemor vujudiga tig’ tekkizmasdan tanaga rezina naychalar kirgizish orqali muolaja qilish usulini o’ylab topdi. Optik tomografiya jihozi qon tomirlarining ichini aniq tasvirlab beradi va yurak xuruji xavfini juda oldindan aniqlash xususiyatiga ega. Va bu shaklda bemordagi yurak xurujini oldini olish imkoniyati tug’iladi.

     Mehmet Chilingiro’g’lining yana bir ixtirosi nanotexnologiya usuli bilan ishlab chiqarilgan tibbiy jihoz. Bu jihoz teri ichidan o’ng qo’ldagi asosiy tomir ustiga joylashtiriladi. Natijada bemorning qon analizlari, kislorod miqdori, qon bosimi va kundalik yurak urishi to’g’ridan uyali telefonga yetkazilib turadi.

     Turk olim Mehmet Chilingiro’g’li kasallikka tashxis qo’yish va uni muolaja qilishdagi katta ixtirolariga qaramay, inson salomatligini saqlash uchun betob bo’lishni oldini olish o’ta muhim ekanligini ta’kidlaydi.

    Buning uchun qat’iyan tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik, zararli yeguliklardan uzoq turish va foydali oziqlanish, mutlaqo jismoniy harakat qilish zarur ekanligini maslahat beradi.



Aloqador xabarlar