Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlari kelasi yili Turkiyada o’tkazilmoqchi

Prezident Erdo'g’an Turkiyaning Bitlis viloyatining Ahlat tumanida Malazgirt g’alabasining 948-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan marosimda xalqqa xitob etdi.

1258796
Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlari kelasi yili Turkiyada o’tkazilmoqchi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning qayd etishicha, Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlari kelasi yili Turkiyada o’tkaziladi.

Prezident Erdo'g’an Turkiyaning Bitlis viloyatining Ahlat tumanida Malazgirt g’alabasining 948-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan marosimda xalqqa xitob etdi.  

Prezident Erdo'g’an unda,

“San’at bilan sport, tarix bilan madaniyat, arxitektura bilan musiqa bir-birini tamomlaydi. Tarixiy shaharlarimizni qanday himoya qilsak, oto-bobolarimizdan qolgan sport o’yinlarini ham huddi ana shunday himoya qilishimiz darkor” dedi.

Prezident Erdo'g’an, “An’anaviy sport tarmog’ini qayta tiklash, madaniyat bilan bo’lgan aloqaning kuchiga-kuch qo’shadi” der ekan shuningdek, xalqni otadan meros qolgan sport turlari bilan tanishtirish maqsadida bir necha loyihani yo’lga qo’ymoqchi ekanliklarini ham ifoda etdi.  

Erdo’g’an so’zlarining yakunida,

“Ayniqsa kamon otish va dunyo Etnospor konfederatsiyasi ajoyib faoliyatlarga imzo chekmoqda. Kelasi yili Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlariTurkiyada o’tkaziladi” deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar