Ibrahim Eren, “15-iyul voqeasi, demokratiya tarixi jihatidan ham burilish nuqtasi hisoblanadi”.

Istanbulda FETOning haqiqiy yuzini ko’rsatib berish maqsadida TRT World tomonidan tayyorlangan, “The Network” deb nomlangan xujjatli filmning premerasi bo’lib o’tdi.

1235722
Ibrahim Eren, “15-iyul voqeasi, demokratiya tarixi jihatidan ham burilish nuqtasi hisoblanadi”.
the network istanbul2.jpg
the network istanbul1.jpg

Istanbulda Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi yetakchiligi tomonidan boshlatilgan loyiha doirasida, Fetullahchi terror tashkilotining haqiqiy yuzini ko’rsatib berish maqsadida TRT World tomonidan tayyorlangan, “The Network” deb nomlangan xujjatli filmning premerasi bo’lib o’tdi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining (TRT) Bosh direktori Ibrahim Eren, kompaniyaning Istanbul viloyatiga qarashli Beshiktash tumanidagi Ulus mahallasida joylashgan binosida o’tkazilgan tadbirda so’zlagan nutqida 2016-yilning 15-iyuli kuni, xalqning irodasi orqali tanlangan hukumatini va Turkiyaning oxirgi yillardagi yutuqlarini butunlay o’chirib tashlash maqsadida to’ntarishga tashabbus qilinganligini belgilab o’tgan holda,

“15-iyuldan 16-iyulga o’tar kechasi FETO tomonidan qo’l urilgan to’ntarish tashabbusiga qarshi yosh-qari, ayol-erkak demay xalqimiz muazzam kurash olib bordi” dedi.

Ibrahim Eren 15-iyulning, demokratiya tarixi jihatidan ham burilish nuqtasi ekanligini ta’kidlagan holda,

“To’ntarishchilar tomonidan ishg’ol etilishi rejalashtirilgan ro’yhatning birinchi qatorida o’rin olgan va hujumga uchragan tashkilotlardan biri sifatida ana shu kechani aslo unutmaymiz, unuttirmaymiz ham” deya gapirdi.

Eren, "The Network" deb nomlangan hujjatli filmda, FETOning haqiqiy yuzini ko’rsatish va uning qanchalik katta tahdid tashkil etganlini butun dunyoga yetkazib berish masalasi maqsad qilib olinganligini qayd etdi.

Shuning uchun ham Rossiya, Yaponiya, Amerika, Turk Respublikalari va Yevropaning bir necha davlatida tadbirlar uyushtirilganligini eslatib o’tgan Ibrahim Eren, FETOning xunuk yuzini butun dunyoga yetkazib berish uchun hujjatli filmning ingliz, fransuz, nemis, ispan, portugal, arab, rus, bosniya va alban tillarida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar