Moskvada Sabantoy bayrami nishonlandi

Kolomenskaya parkida o’tkazilgan tadbirga minglab tatar va boshqurtlar ishtirok etdi.

1231515
Moskvada Sabantoy bayrami nishonlandi

 

Rossiya poytaxti Moskvada tatar va boshqurtlarning milliy bayrami bo’lmish Sabantoy katta tantana bilan nishonlandi.

Kolomenskaya parkida o’tkazilgan tadbirga minglab tatar va boshqurtlar ishtirok etdi.

Bayram tadbirlari o’tkaziladigan maydonda tatar va boshqurt chodirlari o’rnatildi.

Xushovoz san’atkorlar o’z konsert dasturlarini, chavandozlar esa mahoratini namoyish qildilar. Mehmonlarga xilma-xil tatar milliy taomlari tortiq qilindi.

Sabantoy bayrami nafaqat Rossiyaning 50dan ortiq hududida, balki dunyoning tatarlar gavjum yashaydigan 20 dan ortiq davlatida keng nishonlanadi.

Xususan, Sabantoy bayrami bahor oylarida ona tuproq jonlana boshlashi bilan qutlanadigan milliy bayram hisoblanadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #tatar , #Sabantoy , #Rossiya , #Moskva

Aloqador xabarlar