Turk oshxonasi 24-qism

Bugun sizlar bilan turk oshxonasining voz kechilmas, lazzatli taomlaridan biri “Kotlet” tayyorlashni o’rganamiz.

1219554
Turk oshxonasi 24-qism

 

                                       

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlar bilan turk oshxonasining voz kechilmas, lazzatli taomlaridan biri “Kotlet” tayyorlashni o’rganamiz.

Qiyma va ziravorlardan tayyorlanadigan kotletning Turkiyada 300ga yaqin turi bor. Deyarli har bir joyning o’ziga xos kotlet turi mavjud desak adashmagan bo’lamiz.

Bugungi dasturimizda sizlarga “suvli kotlet” taomining retseptini beramiz.

 

Avvalo suvli kotletni tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidagilar;

 

300 gr qiyma

1 dona piyoz

1-2 tish sarimsoq

1 stakan mayda bulg’ur 

1 choy qoshiq tuz

¼ choy qoshiq murch

¼ choy qoshiq zira

¼ choy qoshiq qizil qalampir

2 dona kartoshka

2 qoshiq un

2 qoshiq tamat pastasi kerak bo’ladi

 

Endi navbat kotletlarni pishirishga. Avvalo 300 gr qiymaning ichiga bulg’ur, ezilgan sarimsoq, ziravorlar va tuz ilova qilinib, yaxshilab qoriladi. So’ngra, 15 daqiqa usti yopiq holda tindiriladi. So’ngra kotlet hamiridan parchalar olib, to’p shaklida kichkina kotletchalar tayyorlanadi va ular unlanadi.

Mana kotletlar ham tayyor bo’ldi. Endi navbatdagi bosqichga o’tamiz.

Qozonga yog’ solinadi va mayda tog’ralgan piyoz 3-4 daqiqa qovuriladi. So’ngra unga tamat, tuz va kubik shaklida tog’ralgan kartoshkalar ilova qilinadi va 2 daqiqa qovuriladi. So’ngra suv ilova qilinadi, kartoshlar yumshaguniga qadar 10 daqiqa pishiriladi. Kartoshlar pishay deb qolganda kotletlar ilova qilinadi. Qozonning qopqog’i yopilib, past olovda taxminan 15 daqiqa pishiriladi.  Pishgan suvli kotletlar tarelkalarga suzilar ekan, usti maydalangan rayhon, murch kabi ziravorlar bilan bezatiladi.

Mana suvli kotletlar ham tayyor bo’ldi! Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 


Tanlangan kalimalar: #kotlet , #suvli kotlet , #turk oshxonasi

Aloqador xabarlar