Rossiyada 9-may G‘alaba bayrami keng nishonlandi

Poytaxt Moskvadagi Qizil maydonda 9-may G’alaba bayrami munosabati bilan harbiy parad namoyishi o’tkazildi.

1198294
Rossiyada 9-may G‘alaba bayrami keng nishonlandi
rusya zafer gunu3.jpg
rusya zafer gunu4.jpg
rusya zafer gunu2.jpg
rusya zafer gunu1.jpg

 

Rossiyada Sovet Ittifoqining 2-Jahon urushida fashizm ustidan qozongan G‘alabaning 74 yilligi keng nishonlandi.

Poytaxt Moskvadagi Qizil maydonda 9-may G’alaba bayrami munosabati bilan harbiy parad namoyishi o’tkazildi.

Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, bosh vazir Dmitriy Medvedev va Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan bir qatorda, 13 mingdan ziyod harbiy ishtirok etdi.

Nursulton Nazarboyev Moskvadagi bosh tribunaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Bosh vazir Dmitriy Medvedyev bilan chiqqan.

“O’tmishda sodir bo’lgan urushlardan ibrat olishimiz shart. Qurolli kuchlarimizning urushga yuqori darajada tayyorgarligini amalga oshirish uchun katta g’ayrat ko’rsatdik va buni davom ettiramiz”,-deb aytgan Vladimir Putin tadbirdagi nutqida.

Noqulay havo shartlari tufayli harbiy samolyot va vertolyotlarning paraddagi namoyishi bekor qilindi. Biroq, 130dan ortiq harbiy zirhli vositalar va texnikalar namoyish qilindi.

Ko’rkamli harbiy paradda dunyoda yagona bo’lgan uchinchi avlod “Armata” tanki, modernizatsiya qilingan “T72B3” tanki, “Iskandar-M” qisqa masofali ballistik raketa majmuasi, “Smerch”, “Buk-M2” raketa majmualari va “Top-M2”, quruqlikdan havoga qisqa va o’rta masofali raketa otadigan zambarak majmuasi “Pantsir-S” hamda S-400 zenit raketa majmualari namoyish qilindi.

Harbiy parad qit’alararo ballistik raketa majmuasi “Yars”ning namoyishi bilan o’z nihoyasiga yetdi.

Ta’kidlash joizki, bu yilgi harbiy paradda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu birinchi bor yangi “Aurus” limuzinining usti ochiq modelida yurib o’tgan.

Aslida, ushbu limuzin o’tgan yildan beri Putinning rasmiy xizmat mashinasi sifatida qo’llaniladi.

9-may G‘alaba bayrami nafaqat poytaxt Moskvada, balki Rossiyaning turli shaharlarida katta tantana bilan nishonlandi.



Aloqador xabarlar