Ob-havoning isishi bilan Nemrut tog’iga chiqqan sayyohlar soni ortdi

Nemrut tog'i Turkiyaning Adiyaman viloyatida joylashgan bo'lib u, Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

1182618
Ob-havoning isishi bilan Nemrut tog’iga chiqqan sayyohlar soni ortdi

Turkiyaning Adiyaman viloyatida ob-havoning isishi bilan Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Nemrut tog’iga chiqqan sayyohlar soni ortdi.

Mahalliy va chet ellik sayyohlar bir tomondan Nemrut tog’idagi betakror tarixiy asarlarni tomosha qilish imkonini qo’lga kiritar ekan, ikkinchi tomondan esa tuman ostidagi muhtasham manzaradan bahri-dili ochilmoqda.

Qariyb 4 kilometr yurganidan keyin cho’qqiga chiqib borgan sayyohlar sharq terasidagi haykallarni ko’rish imkoni topmoqda.

Qattiq tumandan sal qiynalgan sayyohlar, charchog’ini manzarani suratga tushirish orqali yozmoqda.



Aloqador xabarlar