Turkiyada turizm 14- qism

Divrigi Buyuk masjidi va Kasalxonasi, arxitektura va maxsus tosh o'ymakori  bilan  Ondo’lidagi eng muhim me'moriy asarlar  qatorida  joy olmoqda.

1175805
Turkiyada turizm 14- qism

Divrigi Buyuk masjidi va Kasalxonasi, arxitektura va maxsus tosh o'ymakori  bilan  Ondo’lidagi eng muhim me'moriy asarlar  qatorida  joy olmoqda.

Taxminan 775 yil  oldin insho etilgan  ushbu  asar, bir- biri bilan  birlashgan  bir masjid va shifoxonadan tashkil topmoqda….

 Har ikki bino ham 1985 yilda YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga   kiritilgan.

Turkiyaning ichki Onado’li hududida, Sivas viloyatining Divrigi tumanidan qad ko’targan  jome va  Darushshifa, Onado’li Saljuqiylar davlatiga qarashli bir beklik bo’lgan  Mengujeko’g’ullari davriga oid.  Jome, 13- asr o’rtalarida, Mengujekli begi Ahmad Shoh tomonidan, shifoxona esa yana ayni yillarda Ahmad shohning rafiqasi Turan Melek tomonidan qurdirilgan. Bosh me’mori Ahlatli Hurrem Shohdir.

13-  asr Onado’li Turk me’morchilik  o’rnaklari o’rtasida maxsus bir vaziyatga ega bo’lgan Divrigi Jome va Darushshifaning eng muhim xususiyati eshiklar va stunlarda o’rin olgan o’ymakoridir... Tosh bilan bezatilgan eng yaxshi o’rnaklarini namoyon qilgan o’ymakorida qo’llanilgan o’ng minglab naqshning takror naqsh qilingan  binolar alohida bir qiymati bordir.

Ikki gumbazli bir maqbaraga ega bo’lgan Jome, kesilgan toshlar bilan qoplangan va to’rt burchak rejalidir. Jomening uch kirishi mavjud. Asosiy kirish eshigida gul, barg naqshlar o’rin olmoqda va “ Jannat  eshigi” deb bilinadi.  G’arb tomonidagi eshik, umuman naqshlar bilan bezatilgan. Bezaklarda lola naqshlaridan ham foydalangan eshik ustida Ondo’li Saljuqiylarning ramzi  bo’lgan  juft boshli burgut naqshi mavjud.

Sharq jabhasida mavjud bo’lgan uchinchi eshik esa Shohnig Jomega kirish uchun qo‘llangani taxmin etilgani  eshik  “ Shoh  eshigi  deb bilinadi.

Dunyoning eng uzoq umrli daraxti bo’lgan minbar, jome bilan  teng yoshda  bo’lib bugunki kunda hanuz ham originaligini davom ettirmoqda. Jomening ichida bir parcha  toshdan o’yilgan ikkita omonat sandig’i va u sandiqlarga insonlar bir yerga ketar ekan qimmatbaho buyumlarini qoldirib ketar emish.  Yana masjid ichida bo’lgan sadaqa toshi esa xayr sevarlar, ehtiyoji bo’lganlarga sadaqa berish uchun  yasagan.

Umumiy shifoxona sifatida rejalangan Divrigi Darushifasi, Onado’lidagi shifoxonalarning  bugunki kunda eng  qadimiy   va eng muhimlaridan biri  hisoblanadi

Shifoxona, jismoniy va aqliy muolajalar uchun   xizmat qilgan. Usmonli imperiyasi davrida esa muolaja vazifasiga davom etish bilan birgalikda madrasa sifatida ham foydalanilgan. 

Divrigi ulug' masjidi va shifoxonasini  ko'rish uchun Sivasga  borganingizda,  shahardagi tarixiy karvon saroylar, madrasalar va qal’ani  ko’rmasdan, muzning tagida shung’i sportlar qilinadigan To’durga ko’liga kirmasdan, cho’rak nonlaridan, barg do’lmasi, yufka shirinligi” kabi mahalliy lazzatlardan tatib ko’rmasdan qaytmang.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Divrigi Buyuk masjidi , #Sivas , #YuNESKO

Aloqador xabarlar