Assalom Navro'z!!!

Navro'z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va umumxalq bayramidir.

1167881
Assalom Navro'z!!!

Bahor - fasllar gulshani, uyg'onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug'ilishidan bahra oladi, zavqlanadi.

Xurmatli tinglovchilar! Bugun 21 mart Navro’z bayrami.

Turkiy xalqlar ham Navro'z bayramini, ya'ni yangi kunning tug'ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas. Navro`z - bahor, yangi kun demakdir. “Navro`z" atamasi ikki fors so'zidan tashkil topgan bo'lib “nav" - yangi, “ro'z" - kun ya'ni, “yangi kun" degan ma'noni bildiradi.

Navro'z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va go'zal bayramidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina o'zbek oilalar sumalak, xalim, ko'k somsa, palov kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo'lgan vitaminlarga boydir.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'ziga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir.

Navro’zingiz muborak bo’lsin azizlar!!!

 


Tanlangan kalimalar: #Navro'z bayrami , #Navro'z

Aloqador xabarlar