Bularni bilasizmi-12

Antarktikaning kashf qilinishidan 300 yil muqaddam, bu qit’a xaritasining Piriy Rais tomonidan chizilganligini bilarmidingiz?

1166279
Bularni bilasizmi-12

Antarktikaning kashf qilinishidan 300 yil muqaddam, bu qit’a xaritasining Piriy Rais tomonidan chizilganligini bilarmidingiz?

Bundan roppa-rosa 90 yil muqaddam yani 1929-yili Istanbulda tarixiy bir asar topildi. U, To’pqopi saroyi qadimiy asarlar muzeyiga aylantirilar chog’ida bir guruh tarixchi tomonidan jaylon terisi ustiga chizilgan ajoyib bir xarita edi. Mashhur turk dengiz sayyohi va zamonaviy kartografiyaning otasi hisoblangan Piriy Rais tomonidan 1513-yili chizilgan Afrika, Amerika va Janubiy qutbni o’z ichiga olgan mazkur xarita hammayoqni ostin-ustin qilib tashladi. Chunki Janubiy qutb, xaritaning chizilishidan ancha keyin, yani 1818-yili kashf qilingandi.  

Piriy Rais xaritasi bugungi kungacha yetib kelgan va Amerika qit’asini ko’rsatkan eng qadimiy xaritalardan biridir. Mashhur xaritalarning birinchisi 1513-yili chizilgan bo’lib u, Yevropa va Afrikaning g’arb qirg’oqlari bilan Janubiy Amerikaning sharqini o’z ichiga olgan.

Piriy Raisning xaritasi qit’aning muz ostida qolgan qirg’oqlarini ham ko’rsatar edi. Lekin qit’a ustidagi muzlar, xarita chizilishidan roppa-rosa 6 ming yil oldin erib ketgandi.

Tadqiqotchilar bu xaritaning mashur turk dengiz sayyohi Piriy Rais tomonidan 1513-yili chizilganligini aniqladi. Dunyo tarixi sahifalarida muvaffaqiyatli dengizchi sifatida o’rin olgan Piriy Rais, kartografiya fanini qiziqib o’rgandi. Uning xaritasi Afrikaning g’arb qirg’oqlarini, Janubiy Amerikaning sharqiy sohillari va Antarktikaning shimoliy sohillarini batafsil ravishda chizib bergan. Eng qizig’i shundaki Piriy Raisning, yuqorida nomi tilga olingan qit’aning kashf qilinishidan 300 yil muqaddam bunchalik tartibli xarita chizishidir. Xarita, bunga qo’shimcha sifatida muz ostidagi sohillarni ham ko’rsatar edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar