Bularni bilasizmi-9

Bugungi kunda qahva madaniyatiga alohida e’tibor qaratgan Avstriyaning turk qahvasi bilan Usmoniy armiyasi tomonidan Venaning qamal qilinishi jarayonida tanishganligini bilarmidingiz?

1152288
Bularni bilasizmi-9

Bugungi kunda qahva madaniyatiga alohida e’tibor qaratgan Avstriya, turk qahvasi bilan Usmoniy armiyasi tomonidan 1683-yili Venaning qamal qilinishi jarayonida tanishdi.

Aslida turk qahvasi, Venaning qamal qilinishidan sal oldin Yevropaga kirib borgan. Tarixchilarning aytishicha, 1669-yili xushsuhbat, hazilkash Usmoniy elchisi Sulaymon og’a turk qahvasini parijlik oqsuyaklardan biriga taqdim etgan. Huddi ana shu davrda Parijda, Sulaymon og’aning saroyiga, qahva ichish uchun mehmonga taklif qilinishlik hammaga ham nasib qilmagan, kamdan-kam uchragan voqealardan biri bo’lgan.

Turk qahvasi XVII asr va undan keyingi jarayonda Usmoniy saroylari va turk insonining voz kechilmas, ajoyib ichimliklaridan biriga aylangan. Shu bilan birga turk qahvasini tatib ko’rgan chet elliklar orasida ham qahva shaydolari paydo bo’la boshlagan.

Ular orasida tarix sahifalarida ham alohida o’rin olgan mashhur kishilar bor. Alexandre Dumas, Pierre Loti, Moliere, Victor Hugo ve Balzac ulardan ba’zilari xolos.



Aloqador xabarlar