Bularni bilasizmi 8-qism

Dunyoning birinchi suv osti arxeologik muzeyining Bodrumda ekanligini bilarmidingiz?

1149171
Bularni bilasizmi 8-qism

Turkiyaning Bodrum shahrida o’rin olgan Suv osti arxeologik muzeyi, dunyoning va Turkiyaning birinchi suv osti arxeologik muzeyidir. U 2004-yili mamlakatning Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan “milliy muzeylar” ro’yhatiga olingan. Bodrum va atrofidagi suv osti arxeologiyasining eksponatlari, tarix davomida dengiz ichida rivojlangan madaniyatlarning asarlaridir. Roppa-rosa 14 boshqa zalda namoyish etilgan asarlar orasida Kariya malikasining qabri o’rin olgan xonani, takror birlashtirilgan botiq shishalar va bronza davriga oid botiq eksponatlar, tarixiy qimmatbaho toshlaru amforalar bilan sarkofaglarni ko’rishingiz mumkin.

Bodrumdagi Suv osti muzeyi 1995-yili Shvetsiyada Yevropa Muzey forumi tomonidan o’tkazilgan “Yilning muzeyi” tanloviga Turkiya nomidan nomzod etib ko’rsatilar ekan unda u, “Certificate of Special Commendation” mukofatiga loyiq deb topildi.



Aloqador xabarlar