Misrdagi tarixiy mozorda 40 ta mumyolangan jasad topildi

Misrlik arxeologlar tomonidan topilgan mozordagi mumyolangan jasadlarning 10 tasi yosh bolalarga oid.

1137689
Misrdagi tarixiy mozorda 40 ta mumyolangan jasad topildi

Misrning Al-Minya viloyatidagi tarixiy mozorda 40 ta mumyolangan jasad topildi.

Shu bilan birga, boshqa mozorlarga tomon ochilgan 3 ta quduq borligi aniqlandi.

Misr tarixiy asarlar vaziri Halid Al-Ananiy Qohiradagi matbuot anjumanida bu haqda ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Al-Minya viloyatiga qarashli Tuna Jebel hududida 40 ta mumyolangan jasad topilgan. Bulardan 10 tasi yosh bolalarning jasadi.

Misrlik arxeologlar tomonidan topilgan mozorga tomon cho’zilgan 3 ta quduq borligi aniqlangan. Mozorlar qoya toshlar ichiga o’yib joylashtirilgan.

Mumyolarning ba’zilari tosh, ba’zilari taxta tobutlar ichiga joylashtirilgan. Ba’zilari esa tobutsiz dafn etilgan.

Olimlar ushbu mumyo va mozorlarning qaysi davrga oid ekanligini aniqlashga harakat qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #mumyo , #Al-Minya viloyati , #mozor

Aloqador xabarlar