Turk oshxonasi 3-qism

Turkiyada oshxonalarda o'z o'rni bo'lgan holva.

1125212
Turk oshxonasi 3-qism

 

Yaqin Sharqdan O’rta Osiyogacha har tomonda bilingan holva Turk oshxonasida ham alohida ahamiyatga ega. Bola dunyoga kelganida ham janozadan ham holva pishirilib tarqatiladi. Muborak kunlarda ham holva pishiriladi. Mana biz ham bugun dasturimizda ushbu un holvasini tarif etamiz. Un yog’da qovrulgandan keyin suv yoki sut solib, shakar yoki asal bilan tayyorlangan bir holva. Tayyorlanishi oson bo’lgan bu holva juda mazali. Mana holva uhcun kerak bo’lgan masaliqlar...

 

-3 qoshiq sariq yog’

-2 qoshiq kunga boqar yog’i

-1 stakan un

-1 stakan shakar

-2 stakan suv

-2 qoshiq yer yong’og’i

 

Holvaning tayyorlanishi:

Daslab qozonda sariq yog’, kunga boqar moyi, un va yer yong’og’ini past olovda qovurasiz. Unni yaxshi qovurish uchun sabrli bo'lish kerak.

Ayni paytda boshqa kastrulda shakar bilan suvni qaynatib sharbat tayyorlang.

Un qovurilgandan keyin asta sekin sharbatni to’kib tezda aralashtiring.

Yaxshi aralashgandan keyin olovni o’chirib qozonni yopib 10 daqiqa kuting.

Xohlasangiz bu tarifni suv bilan ham tayyorlashingiz mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Turk oshxonasi

Aloqador xabarlar