Torontoda birinchi marotaba “Turk filmlari haftasi” uyushtirildi

Kanadaning Toronto shahrida birinchi marotaba “Turk filmlari haftasi” uyushtirildi.

1107794
Torontoda birinchi marotaba “Turk filmlari haftasi” uyushtirildi

Kanadaning Toronto shahrida birinchi marotaba “Turk filmlari haftasi” uyushtirildi.

Madaniyat va turizm vazirligining Kino Bosh direktorligi tomonidan qo’llab-quvvatlangan va Turkiyaning Toronto Bosh konsulligi bilan Yunus Emre nomidagi institut hamkorligida uyushtirilgan tadbirga torontoliklarning qiziqishi katta edi.

Toronto universitetining Innis Town Hall teatridagi tadbirda, uchta turk filmi shu jumladan "Nadide Hayat" , "Kelebeğin Rüyası" va "Aşk Tesadüfleri Sever" tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

Filmlarni Torontoda yashagan turklar va yuzlab kanadalik kinomuxlis tomosha qildi.

“Turk Filmlari haftasi” doirasida Turkiyaning Toronto Bosh konsulligi tomonidan ziyofat ham berildi.

Toronto Bosh konsuli Erdeniz Shen, birinchi marotaba uyushtirilgan mazkur tadbirni an’anaga aylantirish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Erdeniz Shen bu orqali, Torontodan Turkiyaga kelgan sayyohlar sonini orttirmoqchi ekanliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.  



Aloqador xabarlar