O‘zbekistonda ilk bor “Naqshbandiya sayyohlik festivali” bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda mamlakatning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda 7—12-noyabr kunlari ilk bor “Naqshbandiya sayyohlik festivali” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

1084202
O‘zbekistonda ilk bor “Naqshbandiya sayyohlik festivali” bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda ilk bor “Naqshbandiya sayyohlik festivali” bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda mamlakatning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda 7—12-noyabr kunlari ilk bor “Naqshbandiya sayyohlik festivali” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati  ma'lum qildi. 

Ushbu festivalni Malayziyada joylashgan Jahon so‘fiylar markazi (World Sufi Center) tashkil qilmoqda. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zbekistonlik mutafakkirlarning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdan iborat.

Festivalda Naqshbandiya tariqatining Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, AQSh, JAR va boshqa mamlakatlardagi 150 nafardan oshiq vakili, jumladan, 10 nafardan ortiq taniqli ulamo ishtirok etishi kutilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Naqshbandiya , #Sayyohlik

Aloqador xabarlar