Turkiyada 29 oktyabr – Jumhuriyat bayrami keng nishonlanmoqda

Bundan 95 yil muqaddam, 1923 yilning 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi e'lon qilingan.

1077414
Turkiyada 29 oktyabr – Jumhuriyat bayrami keng nishonlanmoqda

Bugun Turkiyada 29 oktyabr – Jumhuriyat bayrami keng nishonlanmoqda.

Bundan 95 yil muqaddam, 1923 yilning 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi e'lon qilingan.

Shu munosabat bilan har yili 29 oktyabr kuni nafaqat Turkiyada, balki Shimoliy Kipr Turk Respublikasida ham milliy bayram qatorida nishonlanadi.

Har yili bo’lganidek, bu yil ham Turkiya Respublikasining 95 yilligi butun mamlakat bo’ylab, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda Turkiya Respublikasining e'lon qilinishi xotirasiga bag‘ishlab turli marosimlar, tadbirlar o’tkaziladi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun, ushbu milliy bayram munosabati bilan Anitkabirni ziyorat qiladi va prezidentlik saroyida tabriklarni qabul qiladi.

Bugun ayni paytda Istanbulda dunyoning eng buyuk xalqaro aeroporti ochiladi va shu munosabat bilan Jumhuriyat bayrami rasmiy marosimi Istanbulda bo’lib o’tadi.

 

 



Aloqador xabarlar