Turkiyaning Batman viloyatidagi tarixiy Artuklu hammomi boshqa joyga ko'chirildi

Batman hokimi Ahmet Deniz Iliqsuv suv ombori va gidroelektrostansiya loyihasining qurilishi munosabati bilan tarixiy asarlarni ko'chirish faoliyatlari dunyoga o'rnak darajasida davom etayotganligini bildirdi.

1026930
Turkiyaning Batman viloyatidagi tarixiy Artuklu hammomi boshqa joyga ko'chirildi

 

Turkiyaning Batman viloyati Hasankeyf tumanida joylashgan 1500 tonna og'irlikdagi Artuklu hammomi Hasankeyfdagi yangi madaniyat parkiga ko'chirildi.

Batman hokimi Ahmet Deniz Iliqsuv suv ombori va gidroelektrostansiya loyihasining qurilishi munosabati bilan tarixiy asarlarni ko'chirish faoliyatlari dunyoga o'rnak darajasida davom etayotganligini bildirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, tarixiy asarlarning suv omboridan olib chiqish ayni paytda Turkiya Respublikasining buyukligini ko'rsatadi.

"Bu asarlardan tashqari yana 6 ta tarixiy asar boshqa joyga ko'chiriladi. Mana shunday qilib Hasankeyf haqiqatdan ham o'z tarixini saqlab qoladi. Yangi Hasankeyf turizmning ko'z nuriga aylanadi",-dedi Batman hokimi Ahmet Deniz.

540 yoshda bo'lishiga qaramay, butunligicha ko'chirilgan 1200 tonna og'irlikdagi eng qadimiy asar Zeynel Bey maqbarasi 2017 yil 12 mayda boshqa joyga ko'chirilgan edi.

Bu shaklda 1200 yillarda qurilganligi taxmin qilingan tarixiy Artuklu hammomi ham boshqa joyga muvaffaqiyatli ravishda ko'chirildi.

Uni ko'chirish jarayoni 6 soat 40 daqiqada tamomlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Batman , #tarixiy asar

Aloqador xabarlar