Vashingtonda “Sulton bastakorlar” nomli konsert dasturi bo’lib o’tdi

4-Murod, Abdulaziz Xon, 2-Mahmud Xon va 3-Selim Xon kabi Usmoniy sultonlari tomonidan ijod qilingan bastalar ijrosidagi konsert dasturi tomoshabinlar tomonidan qarsaklar bilan kutib olindi.

969291
Vashingtonda “Sulton bastakorlar” nomli konsert dasturi bo’lib o’tdi

Vashingtonda “Sulton bastakorlar” nomli konsert dasturi bo’lib o’tdi.

Yunus Emre institutining Vashingtondagi filiali tomonidan tashkil qilingan konsert tomoshabinlarga manzur bo’ldi.

4-Murod, Abdulaziz Xon, 2-Mahmud Xon va 3-Selim Xon kabi Usmoniy sultonlari tomonidan ijod qilingan bastalar ijrosidagi konsert dasturi tomoshabinlar tomonidan qarsaklar bilan kutib olindi.

Konsert dasturini mamlakatning boshqa shaharlarida ham o’tkazish rejalanmoqda.

Bu esa, Usmoniy podishohlarining nafaqat yetuk davlat arbobi va harbiy, balki kuy bastalaydigan darajada musiqaga oshno, madaniyat va san’atga shaydo insonlar bo’lganligidan dalolatdir.

Bu xususiyatlar Turk-Usmoniy tarixini butun dunyoga tarannum qiladigan bebaho qadriyatlarni o’zida mujassam qiladi.

Konsert dasturini Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasi xodimlari, jurnalistlar va ko’plab san’atkorlar tomosha qildi.

Mart oyida Istanbulda o’tkazilgan ilk konsert dasturida AQSh, Albaniya, Braziliya, Argentina, Polsha, Yunoniston, Ruminiya, Buyuk Britaniya, Isroil va Armanistondan kelgan bastakorlar ham ishtirok etgan edi.

Ular konsertda Usmoniy sultonlarining bastalari bilan bir qatorda, o’zi bastalagan kuylarni ham tomoshabinlar e’tiboriga havola qildilar.

 

 



Aloqador xabarlar