Ankarada Kosova mustaqilligining 10 yilligi nishonlandi

Kosova Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda Turkiya bilim, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk O’zlu ishtirok etdi.

915046
Ankarada Kosova mustaqilligining 10 yilligi nishonlandi

Ankarada Kosova mustaqilligining 10 yilligi nishonlandi.

Kosova Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda Turkiya bilim, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk O’zlu ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqan Faruk O’zlu Bolqonlardagi tinchlik va barqarorlik Turkiya tashqi siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ma’lum qildi.

Ikki davlat o’rtasidagi mustahkam do’stona aloqalarga e’tibor qaratgan Faruk O’zlu:“Kosovaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi biz uchun juda ahamiyatli mavzu. Kosovaning tinchligi ayni paytda Bolqon mintaqasining tinchlik va farovonligi demakdir. Turkiya Bolqonlarda tinchlik va barqarorlik ta’minlashni tashqi siyosatining ustuvor vazifasi deb biladi”,-dedi.

Bugungi kunda Kosovada 600ga yaqin turk tadbirkor faoliyat ko’rsatar ekan, Turkiya Kosovada ko’plab sohada investitsiya kiritishni davom ettirmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kosova , #Ankara , #Turkiya , #10 yilligi , #mustaqillik

Aloqador xabarlar