TRT onlayn murojaat etish sistemasiga o'tadi

TRT bosh mudiri Ibrahi Eren, Yanvar oyidan e'tiboran yangi sistemaga o'tishini bildirdi.

854857
TRT onlayn murojaat etish sistemasiga o'tadi

Turkiya Radio va Televidenya Tashkiloti (TRT) onlayn murojaat etish sistemasiga o'tadi.

TRT bosh mudiri Ibrahim Eren, Yanvar oyidan e'tiboran online murojaat sistemasiga o'tishlarini va loyihasi bo'lganlarning endi Anqaraga kelishiga hojat qolmaganini bildirdi.

Ibrahim Eren, Istanbulda "5. Xalqaro Bog'azichi Film Festivali"da kinosevarlar bilan uchrashdi.

TRTning yangilanishga va rivojlanishga davom etganiga to'xtalib o'tga Eren, "Hindiston, Xitoy, Malayziya, Indoneziya va Janubiy Amerika bozorlariga chiqish va geografiyada mushtarak faoliyatlar olib borishni istaymiz. Bu mavzuda boshchlik qilmoqchimiz. Katta bozor mavjud. Amir Khanning kinosini faqat Hindistonda 30 million tomoshabin kuzatib bormoqda" deb mulohaza bildirdi.

TRTga loyiha taqdim etganlarga xushxabari bo'lganini ifoda etgan Eren, "Yanvar oyidan e'tiboran online murojaat etish sistemasiga o'tamiz. Komissiya huzuriga chiqishdan avval Anqaraga tashrif etish hojati yo'q. Endi murojaatlarni yangi sistemaga ko'ra o'tkaziladi. Oydin fikrlar bilan loyihaning tafsulotlari ifoda etiladigan bir sistema bo'ladi. Dasturning, formati, jarayoni, boshqa rejalar, budjet kabi mavzular joy olmoqda" dedi.

Ibrahim Eren, bundan oldin xushxabar bo'lgan reyting o'lchovlarining endi to'g'ri o'tkazilganiga diqat qaratib, "Eurovision" qo'shiq tanlovi bilan aloqali bu bellashuvga ishtirok etmaslikning davom etishni bildirdi.



Aloqador xabarlar