Bolqon turklari kecha Turkiyaga ko'chib kelgan davrlarini yodga oldi

Kosovaning “Prizrenliklar Madaniyat va yordam uyushmasi” tomonidan uyushtirilgan “Bitta chamadon, bitta sandiq” deb nomlangan tadbir Istanbuldagi “Sirkeji” temir yo’li vokzalida bo’lib o’tdi.

832327
Bolqon turklari kecha Turkiyaga ko'chib kelgan davrlarini yodga oldi

Kecha 22-oktabr kuni Bolqon davlatlaridan Turkiyaga 1912-2012-yillar orasida ko’chib kelgan ko’chmanchilar, Turkiyaga kirib kelganida birinchi qadam tashlagan Istanbulning Yevropa qismida joylashgan va II Abdulhamid davrida qurilgan “Sirkeji” nomidagi tarixiy temir yo’li vokzalida uchrashti.    

Kosovaning “Prizrenliklar Madaniyat va yordam uyushmasi” tomonidan uyushtirilgan “Bitta chamadon, bitta sandiq” deb nomlangan tadbir “Sirkeji” temir yo’li vokzalida bo’lib o’tdi.  

Ushbu tadbirda so’zga chiqqan Kosova Majlis raisi o’rinbosari Muferra Shinik, “Bu tadbirning, ko’chib o’tishning, kutishning, baxtning ramziga aylangan va yangi avlodga bu voqea, bu qiyinchiliklar haqida ma’lumot berishga harakat qilgan Prizrenliklar uyushmasining bu tadbirini Kosova mustaqilligining to’qqizinchi yilligiga to’g’ri kelgani uchun ham bayram deb hisoblamoqchimiz” dedi.   

Tadbir uyushtirilgan 22-oktabr kuni Kosovada mahalliy saylov ham o’tkazilayotganligini eslatgan Shinik, “Har doimgidek tadbirda hay’at sifatida ishtirok etolmadik lekin biz partiyamiz, barcha do’stimiz nomidan huzuringizga tashrif buyurdik” deya gapirdi.

Kosovaning “Prizrenliklar Madaniyat va yordam uyushmasi” raisi Gulen Aksu Turker ham 2008-yili tor doirada lekin mazmunli boshlagan “Bitta chamodan, bitta sandiq” tadbirining Rumeli va Bolqon festivaliga aylanganligini eslatdi.  

Ana shundan beri Bolqon davlatlaridan Turkiyaga ko’chib kelish voqealari haqida ma’lumot berish uchun yo’lga chiqqanliklarini qayd etgan Turker, bu borada ularni qo’llab-quvvatlagan hamma hammaga minnatdorchilik bildirdi.  Shuningdek, uyushmaga raislik qilishi uchun o’z vaqtida kerakli faoliyatlarni amalga oshirgan va hamqishloqlaridan biri hisoblangan Mustafa Kemal Ataturkni ham hurmat va ehtirom ila yodga oldi.

Tadbirda Bolqon davlatlarida yashagan turklarning Turkiyadagi qarindosh urug’lariga yo’llagan maktublari namoyish etilar ekan ayni vaqtda, Bolqon shirinliklari bilan qo’l ishi mahsulotlari ham unutilmadi.   

Tadbir dasturida Dilek Unal, Haluk Ejevit, Muhsin Durujan, Salim Nizam va Ramis Chinar kabi yozuvchilarning, Bolqonlar haqida qalamga olgan kitoblarini imzolash uchun marosim ham uyushtirildi.

Tadbirda Kosovaning Istanbul Konsuli Saranada O’smaniy, Jumhuriyat Xalq partiyasi Istanbul deputati Dursun Chichek, Avjilar Munitsipalitet rahbari Handan Toprak Benli ham ishtirok etdi.  

 



Aloqador xabarlar