Italiyada turk festivali o'tkazilmoqda

Turk-italyan do’stligining ramzi bo’lgan bu festival Turkiyani italyanlarga tanitish uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.

793166
Italiyada turk festivali o'tkazilmoqda
italya'da turk festivali.jpg

Italiyaning shimoli-sharqida joylashgan Trento shahriga qarashli Moena shaharchasida turk festivali o’tkazilmoqda.

300 yildan beri turk festivaliga mezbonlik qilib kelayotgan Moena ayni paytda turk shaharchasi sifatida tanilgan.

Turkiyadan uzoqda, turk shahri deb bilingan Moena Usmoniy va turk bayroqlari bilan bezatilgan.

U yerda yashovchi mahalliy aholi Turkiyani hech ko’rmagan bo’lsa ham “Biz turkmiz” deydi.

Festivalning o’tmishi 300 yil avvaliga borib taqaladi.

Bu festival 2-Vena qamalidan so’ng, bu shaharchaga kelib joylashgan va tezda mahalliy xalqning e’tiboridan joy olgan Usmoniy askari yenicheri Balaban Hasanni yodga olish maqsadida o’tkaziladi.

Turk bayroqlari va gullar bilan bezatilgan Italiya ko’chalarida mehtar guruhining jarangdor ovozi yangraydi.

Turk-italyan do’stligining ramzi bo’lgan bu festival Turkiyani italyanlarga tanitish uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.

Festival doirasida turk milliy taomlari tortiq qilinadi, ebru san’ati va turk folklor guruhi namoyishlari mehmonlar e’tiboriga havola qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #turk , #festival , #Usmoniy

Aloqador xabarlar