19 May tufayli davlat arboblari tabrik bayonotlari bildirdi

19 May Otaturkni yodga olish, yoshlar va sport bayramining 98. yilligi tufayli davlat arboblari tabrik bayonotlari bildirdi.

735494
19 May tufayli davlat arboblari tabrik bayonotlari bildirdi

19 May Otaturkni yodga olish, yoshlar va sport bayramining 98. yilligi tufayli davlat arboblari tabrik bayonotlari bildirdi.

Prezident Rajab Toyib Ertdog'an, bayram nutqida, 19 May kuni Turk millatining ozodlik kuni bo'lganini bildirib, qahramon Mustafo Kamol Otaturning rahnamoligida 1919 yili 19 May kuni Samsunda yoqilgan istiqlol mash'alining Yoshlar va Sport bayrami sifatida nishonlanishining katta ahamiyatga ega bo'lganini bildirdi.

Turkiya Oliy Millat Majlisi rahbari Ismail Kahraman ham, 19 May kunining tarixda oddiy bir kun bo'lmaganini bildirib, "19 May, shiori Ozoqlik va Mustaqillik bo'lgan bir millatning imperializmga bo'yin egmasdan, monaviy va milliy kimligi bilan bor bo'lish kurashi sifatida qabu qilish kerak" dedi.

Jumhuriyat Xalq Partiyasi bosh rahbari Kemal Kilichdarog'lu esa, "1919 yil 19 May kuni xalq o'z taqdirini belgilagan, oyoq zanjirlarini uzib tashlagan bir kundir. Boshda Milliy Ozodlik urushining yo'l boshlovchisi Jumhuriyatimizning asoschisi Buyuk Sardor Otaturk bo'lib barcha qahramonlarimizni va shahidlarimizni hurmat bilan yodga olamiz" deb ifoda etdi.

Yoshlik va Sport vaziri Akif Chag'atay Kilich, Samsunda yoqilgan ozodlik mash'ali bilan 15 Iyul xiyonati va davlani to'ntarish tashabbusiga qarshi yoshlarimiz o'n saflarda joy olgandir" dedi.

Kilich, "Qahramon Mustafo Kamol Otaturk bilan milliy kurashga qatnashgan boshqa qahramonlar va barcha shahidlarimizni minnatdoschilik bilan yodga olamiz, Otaturkni yogda olish va yoshlik bayrami bilan tabriklayman" deb ifoda etdi.

Shuningdek, Turk Qurolli Kuchlari, 19 May Otaturkni Yogda Olish, Yoshlik va Sport bayrami tufayli plakat tayyorladi.

Bosh shtab boshqarmasining interet saytida joy olgan afishada, ulug' Sadror Mustafo Kamol Otaturk bilan bir qatorda, qo'llarida Turk bayroqlari bo'lgan yoshlarning rasmlari va "19 May Otaturkni yodga lish, Yoshlik va Sport  bayrami qutluq bo'lsin"  degan ifodasi joy olmoqda.

 



Aloqador xabarlar