Jazoirlik qo’shiqchi Souad Massi poytaxt Anqarada konsert berdi

Shimoliy Afrikadan Turkiyaga, poytaxt Anqarada uyushtirilgan Xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan qo’shiqchi, “Anadolu” axborot agentligiga intervyu berdi.

688035
Jazoirlik qo’shiqchi Souad Massi poytaxt Anqarada konsert berdi

Jazoirlik qo’shiqchi Souad Massi, Turkiyaga maftun bo’lib qolganligi haqida gapirdi.

Shimoliy Afrikadan Turkiyaga, poytaxt Anqarada uyushtirilgan Xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan qo’shiqchi, “Anadolu” axborot agentligiga intervyu berdi.

Turkiya Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi “Shura” nomidagi konsert zalida arab, fransuz va ingiliz tillarida qo’shiq kuylagan Massi, musiqada universial tildan foydalanganligini aytdi.

Jazoirlik qo’shiqchi Turkiyaga avval ham kelganligini faqat poytaxt Anqaraga birinchi bor qadam bosganligini quyidagicha ifodaladi;

“Zaldagi tinglovchilardan bir oz chekingan edim chunki turk musiqa ixlosmandlari musiqa borasida terang ma’lumotga ega. Lekin men sahnaga chiqganimda hammasi o'zgacha, ajoyib edi” dedi.

Turkiyaning geografik hududi jihatidan ajoyib diyor ekanligini ta’kidlagan Massi;

“Turkiya men maftun bo’lgan ajoyib mamlakatlardan biri hisoblanadi. Arxitekturasi ham noyob ko’rinishlarga ega. Shuningdek bir oz g’arb, bir oz sharq madaniyatining qorishmasi o’z tarovati bilan meni hayajonga soladi” dedi.

Jazoirda 1972-yili tug’ilgan Souad Massi ham qo’shiqchi, ham bastakordir. Siyosiy qo’shiqlari bilan e’tiborlarni o’ziga qaratgan Massi, o’lim haqida tahditlar olganligi uchun o’z yurtini tark etib bugungi kunda Parijda yashamoqda.


Tanlangan kalimalar: #Souad Massi , #Anqara , #musiqa , #konsert

Aloqador xabarlar