Turkiyaning madaniy xazinalari 51-qism

Istanbulning ramziga aylangan Yerebatan sarniji yoki Yerebatan yer osti suv ombori muzeyi haqida ma’lumot...

634537
Turkiyaning madaniy xazinalari 51-qism

 

Bugungi dasturimizda Istanbulning ramziga aylangan Yerebatan sarniji yoki Yerebatan yer osti suv ombori muzeyi haqida ma’lumot beramiz.

Yerebatan suv ombori Ayasofiya obidasining g’arbiy tomonida joylashgan bo’lib bo’lib, bir paytlar u yerda yomg’ir suvi to’planib, shaharning suvga bo’lgan ehtiyoji qondirilardi. Tarixda o’sha hududda bir cherkov joylashgani sababli xalq orasida Bazilika ombori ya’ni cherkov ombori sifatida ham zikr etilgan.

Yerebatan suv ombori sharqiy Rim Imperatori 1-Justinyen davrida ya’ni, 527 va 565 yillar oralig’ida qurilgan. Ushbu suv omboriga yer tagiga tomon ketgan toshdan zinapoyalar yordamida tushib boriladi. Yerebatan suv omborining ichidagi ustunlar go’yo suvning ichidan tepaga tomon ko’tarilgandek bo’lib ko’rinadi. Shu sababli ushbu tarixiy asarga “Yerebatan sarniji” deb nom berilgan. Yerebatan suv ombori 140 metr uzunlikka ega bo’lib, kengligi 70 metrni tashkil qiladi. Har biri 9 metr balandlikda bo’lgan jami 336 ta ustun xuddi osmonga qarab ko’tarilgandek bo’lib ko’rinadi.

4 m 80 sm oraliqlar bilan o’rnatilgan 28 tadan ustun tizilgan jami 12 qator ustun ko’rganlarni hayratga soladi. Yerebatan suv omborida o’zingizni xuddi boshqa dunyoga tushib qolgandek his qilasiz. Ushbu tarixiy asarning haybatidan ta’sirlanasiz. Qariyb 1500 yil oldin bunday noyob asarni loyihalashtirib, barpo etishlik o’sha davrdagi ustun muhandislik dahosini ko’rsatib turadi. Bu ustunlarning aksariyati qadimgi obidalardan namuna olingan holda qurilgan. Tarix mobaynida bir qancha qamallarga duch kelgan Istanbul aholisi qamal paytida suvga bo’lgan ehtiyojini ushbu Yerabatan suv omboridan ta’minlagan. O’sha atrofda joylashgan Rim saroyining suvga bo’lgan ehtiyoji ham Yerebatan suv omboridan ta’minlanardi. Ustunlardan 98 nafari korint uslubida, qolganlari esa, dor uslubida qurilgan.  Ustunlar qayishlar bilan bir-biriga bog’langan. Suv omborining tagi kunimizdagi betonga o’xshash qorishim bilan suvalgan. Bu qorishim “Huroson” qorishimi deb ham ataladi. Bu shaklda suvning yer tagiga singib ketishining oldi olingan. Doimo suv ichida turgan beton vaqt o’tishi bilan o’z mustahkamligini yo’qotadi, shu sababli ushbu suv ombori Huroson qorishimining kuchi bilan 1500 yildan buyon o’z mustahkamligini yo’qotmay kunimigacha yetib kelgan.

Taxminan 9800 m. kvadrat maydonni o’z ichiga olgan Yerebatan suv omborida 100000 tonna suvni saqlash mumkin.

Yerebatan suv omborining g’arb tomonidagi burchagida ikkita ustun joylashgan bo’lib, bu ustunning tagiga meduza boshi o’rnatilgan.  Yunon mifologiyasiga ko’ra, unga qaraganni toshga aylantirgan meduza timsoli yomonlik ramzi bo’lgani uchun boshi pastga qaratib joylashtirilgan. Meduza timsolining boshida juda ko’p ilon tasviri o’rin olgan.

 Istanbul Usmoniylar tomonidan zabr etilgach, suvga bo’lgan ehtiyoj  bir muddat Yerebatan suv omboridan ta’minlangan.  Islomda oqmay turib qolgan suvning toza emasligiga bo’lgan ishonch sababli vaqt o’tishi bilan foydalanilmay qo’ygan.

Avvallari To’pkapi saroyining bog’lari mazkur suv ombori vositasida sug’orilardi. 1544 yili Istanbulga kelgan bir gollandiyalik sayyoh ushbu hududdagi uylarning ba’zilarida quduqdan suv tortilganini va xatto baliq ovlanganini ko’rib hayratga tushadi. İzlanuvi natijasida tarixiy suv omborini kashf qiladi. Yerebatan suv omborining o’lchovini aniqlagan bu sayyoh xotiralarini sayohatnoma kitobida yozib qoldiradi va g’arb davlatlariga tanitishga muvaffaq bo’ladi. Bu esa, boshqa ko’plab sayyohlarni ham ta’sirlantiradi. Kunimizdagi suv omborlarida bug’lanish sababli 40% suv bug’ga aylanadi. Lekin, bundan 1500 yil oldin bug’lanish muammosini bartaraf etgan yer osti suv omborlari fikri balki kelajakda suvga bo’lgan ehtiyojning ortishi ta’sirida takror amalda qo’llanilishi ehtimoldan holi emas.

Tarix mobaynida bir necha marta restavratsiya qilingan Yerebatan suv ombori kunimizda muzeyga aylantirilgan. Bu muzey Istanbul buyuk shahar hokimiyati tomonidan nazorat qilib turiladi. Agar yo’lingiz Istanbulga tushadigan bo’lsa, albatta tarixiy obidalarni biri bo’lgan Yerebatan suv omborini tomosha qilishni unutmang! Xozircha uchrashguncha hayr salomat bo’ling!

 

 



Aloqador xabarlar