O‘zbekistonda Turkmaniston madaniyati kunlari boshlandi

Shu munosabat bilan Turkmaniston madaniyat vaziri o‘rinbosari A.Shomurodov rahbarligida bir guruh san’at va madaniyat namoyandalari O’zbekistonga tashrif buyurdi.

607386
O‘zbekistonda Turkmaniston madaniyati kunlari boshlandi

O‘zbekistonda Turkmaniston madaniyati kunlari boshlandi.

Shu munosabat bilan Turkmaniston madaniyat vaziri o‘rinbosari A.Shomurodov rahbarligida bir guruh san’at va madaniyat namoyandalari O’zbekistonga tashrif buyurdi.

“Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqlarimiz o‘rtasidagi adabiy, musiqiy, madaniy hamkorlikni, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat”– deydi A.Shomurodov.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida Turkmaniston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Festival davomida O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida turkmanistonlik musavvirlar, haykaltaroshlar, usta-hunarmandlarning ijod namunalari ko‘rgazmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada ikki mamlakat shoir va yozuvchilarining ijodiy uchrashuvlari, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida turkman kinofilmlari namoyishi tashkil etiladi. 

Turkmaniston delegatsiyasi Toshkentning diqqatga sazovor joylari – Temuriylar tarixi davlat muzeyi va “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi bilan tanishishi, “Hazrati Imom” majmuasini ziyorat qilishi ko‘zda tutilgan. 

 

 



Aloqador xabarlar