Turkiyaning Malatiya shahrida turkiy davlatlardan kelgan rassomlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

TURKSOY tomonidan uyushtirilgan tadbir Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Turkmaniston mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlandi.

593643
Turkiyaning Malatiya shahrida turkiy davlatlardan kelgan rassomlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

Turkiyaning Malatiya shahrida Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti TURKSOY tomonidan rassomlar uchrashuvi o'tkazildi.

Shu munosabat bilan rassomlarning asarlari asosida rasm ko’rgazmasi ochildi.

Ko’rgazmada 19 davlatdan taniqli 22 rassomning asarlari namoyish qilindi.

Ko’rgazmaning tantanali ochilish marosimida TURKSOY Bosh kotib o’rinbosari Firat Purtash so’zga chiqdi.

Turk dunyosi rassomlari 10 kun mobaynida Malatiyaning madaniyati, tabiiy go’zalliklari va xalqining mehmondo’stligi bilan tanishganini tilga olgan Purtash: “Taniqli rassomlar ishtirokida juda katta uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv natijasida, 100ga yaqin asar ijod qilindi. Bu asarlarning har biri o’ziga xos nodir asarlardir, lekin undan ham qimmatbaho bo’lgan asar qardoshlik rishtalaridir. Turk dunyosi rassomlari, marosimga ko’tarinki ruh bag’ishlagan san’atkorlar va Malatiya xalqi birgalikda turk dunyosining qardoshlik asarini ro’yobga chiqardilar”,-dedi.

Bu tadbir turkiy respublikalar mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlanganini aytgan Firat Purtash: “Bu yil Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Turkmaniston o’z mustaqilligining 25 yilligini keng nishonlamoqda. Ma’lum bo’lganidek, Turkiya bu davlatlarning mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olgan. Bu jihatdan Turkiya ular uchun katta ahamiyatga molik”,-dedi.

Malatiya Buyuk shahar hokimi Ahmet Chakir taniqli rassomlarni Malatiyada kutib olganidan baxtiyor ekanini tilga oldi.

Ahmet Chakir: “Ushbu tadbirning Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Turkmaniston mustaqilligining 25 yilligiga to’g’ri kelgani va ularga bag’ishlab o’tkazilgani juda quvonarli holat. Albatta, bizning tilagimiz bu mamlakatlarning ming yillab mustaqil va porloq hayot surishidir. Bu davlatlarning gullab yashnashi dunyo va mintaqa tinchligiga hissa qo’shadi, do’stligimiz va qardoshligimiz ham abadiy davom etadi. Bunday tadbirlar madaniy aloqalarimizni mustahkamlashtirishga, bir-birimizni yana ham yaqindan tanishimizga imkon yaratadi”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar