Turkiyaning madaniy xazinalari 38-qism

Turkiyaning Kirshehir viloyatida joylashgan Jajabey madrasasi haqida ma’lumot...

569457
Turkiyaning madaniy xazinalari 38-qism

 

Bugungi dasturimizda Turkiyaning Kirshehir viloyatida joylashgan Jajabey madrasasi haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.

Ushbu madrasa 13 asrda Saljuqiy Sultoni Kilich Arslanning o’g’li 2-G’iyosiddin Kayhusrav davrida Kirshehir hokimi Nureddin Jibril Bin Jajabey tomonidan qurdirilgan.

Buyuk davlat arbobi bo’lgan Jajabeyning buyrug’i bilan 1271 yili madrasaning qurilishi boshlangan. Bu madrasa Saljuqiy davlati mo’g’ul istilolari natijasida o’z kuchini yo’qotgan bu davrda Anadoluda yuzaga kelgan ilmiy o’zgarishlarning eng katta namunasidir.

Ushbu madrasa kunimizda jome’-masjid sifatida qo’llanilmoqda. Qurilganda astronomiya ta’limi berilar ekan, ayni paytda kunimizdagi minorasi rasadxona vazifasini o’tagan. 21 metr uzunlikka ega bo’lgan bu minora madrasaning janubi g’arbiy burchagida joylashgan. Tashqaridan Jajabey madrasasiga yaqinlashsangiz shimol tomonda joylashgan tojdor darvozaga ko’zingiz tushadi. Shuningdek, darvozaning ikki tomonida quyosh va oy tasviri joylashganini guvohi bo’lasiz.

Dunyoning dumaloq ekanini iddao qilgan Galileyning tug’ilishiga deyarli 200 yil bor. bu madrasa islom dunyosining ilm-fan bo’yicha o’sha davrlardayoq dunyoda oldinda ekanining bir isbotidir. Galiley dunyoning dumaloq ekanini va quyosh atrofida aylanishini aytganida uni jazoga mahkum qiladilar. Bundan 250 yil oldin Anadoluda quyosh sistemasi to’g’ri masofalar bilan hisoblanardi. Bu ilmiy haqiqat edi, aslo muhokamaga o’rin yo’q edi.

Rasadxonaning ichiga kirganingizda usti butunlay yopiq bo’lmagan yârim qubba va uning tagida kichkina hovuz ko’zga tashlanadi. Bu hovuz ayni paytda osmon hodisalarini kuzatib turuvchi teleskop vazifasini ham o’tar edi. Hovuz ichidagi zinapoyalardan 12 pog’ona pastga tushilganda torayib borgan hovuzdagi suvda aks etgan osmonning tungi tasviri olimlarning kuzatuvida bo’lgan. Bu hovuzning boshida to’plangan astronomlar o’z shogirdlariga quyosh sistemasi va sayyoralar haqida ma’lumot berardi.

Saljuqiy madrasalarida bo’lgani kabi bu madrasada ham keng ayvonlardan tashqari, 8 ta sinfxona mavjud. Hovuzdan o’tib, janub tomondagi ayvonga yaqinlashsangiz, ikki burchakda quyosh sistemasini kuzatuvchi sutunlarga duch kelasiz. Ustma-ust tizilgan doiralardan eng kattasi quyoshning ramzidir. Bir-biridan ajralib turgan va farqli hajmlardagi bu kurralar avvallari aylanib turar edi. Kunimizda binoning biroz cho’kishi oqibatida bu xususiyatini yo’qotgan. Galileydan 250 yil oldin suv teleskopidan foydalanilgani Jajabey madrasasining qanchalik ahamiyatli ekanini ko’rsatib turadi. Bu madrasa buyuk o’zbek olimi, mashhur astronom Mirzo Ulug’bekning g’arbiy Turkistondagi madrasasiga ham juda o’xshab ketadi.

Jajabey madrasasining yana bir xususiyatlaridan biri shimoli sharqiy, g’arbiy burchaklarida va g’arb tomonida joylashgan 3 ta ustunining borligidir. Bir roketaning 3 ta bosqichda fazoga otilishining sxemasi bu ustunlarda o’z aksini topgan. Roketa hali ijod etilmagan o’rta asrda koinotga qanday chiqarishning bu davrda taxmin qilingani diqqatlarga sazovordir. Bir astronomiya madrasasida roketani uchirishning bosqichlari o’rin olgani hayratlanarlidir.  Bu madrasada boshqa madrasalardan farqli olaroq turk tilida ta’lim berilgan. Boshqa madrasalarda esa, arab va fors tillarida ta’lim berilgan. Koniyada yashagan  Mavlononing maqtoviga sazovor bo’lgan Jajabey yashab o’tgan davrda nafaqat boshqaruv jihatidan balki, ilm-fan jihatidan ham mintaqaga katta hissa qo’shgan.

U mo’g’ullarning Kirshehirni ishg’ol qilish harakatini tinchliksevar yo’llar bilan to’xtatib qolgan. Jajabey 1301 yili Vizantiyaliklar bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan.  Jajabey Kirshehirda o’z nomi bilan atalgan madrasasining ichidagi ikki qavatli maqbaraga dafn qilingan.

 

 

 



Aloqador xabarlar