Turkiyaning madaniy xazinalari 36-qism

Turkiyaning Mardin viloyati haqida ma’lumot...

563198
Turkiyaning madaniy xazinalari 36-qism

 

Bugungi dasturimizda Turkiyaning Mardin viloyati haqida ma’lumot beramiz. Mardin janubi sharqiy Anadoluda joylashgan bo’lib, Turkiyaning Suriya va Iroq chegaralariga yaqin masofada o’rin olgan.

Baland tepalikda joylashgan shahar janub tomondan Suriya va Iroqqacha davom etgan Qiziltepa vohasiga tutashgan.

Shaharning geografik jihatdan joylashuvi janubdagi bepoyon yaylovlarni tomosha qilishga imkon yaratadi.

Mardin tarixda Rim Imperatorligining ulkan gornizoniga ega bo’lgan. Mardinga yaqin masofada joylashgan antik Dara shahrida buyuk harbiy gornizon joylashgan. Mardin Rim va Forslar-Sosoniylar o’rtasidagi to’qnashuvlarda qo’lma-qo’l bo’lishiga qaramasdan, antik Rim shahri sifatida kunimizgacha yetib kelgan. Mardin ayni paytda xristian arablar bo’lgan suryoniylarning Turkiyada eng gavjum yashagan joylaridan biridir. Suryoniylarning diniy markazi bo’lgan Deyrul Zaferan manastri Mardinga juda yaqin masofada joylashgan. U yer bir paytlar o’tga sig’iniladigan bir ibodatgoh ekan, xristianlikdan oldin cherkovga aylantirilib, keyinchalik teologiya ta’limi berilgan rohiblarning manastriga aylangan.

Suryoniylar bir paytlar Otaturkdan ham katta hurmatga ega bo’lganlar va ularning diniy ibodatlarini erkin bajo keltirishiga imkon yaratilgan. Mardin markazida va tumanlarida suryoniylarga tegishli cherkovlar kunimizda ham qad rostlab turibdi. Mardinning Midyat tumani ham suryoniylar uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan. U yerda rivojlangan zargarlik san’ati nafaqat Turkiyada, balki dunyoning turli davlatlarida ham dovrug’ qozongan. Suryoniylar uchun katta ahamiyat kasb etgan tovus qushi motivli kumush isirg’alar, broshkalar dunyoning turli davlatlariga Mardindan jo’natilardi.

Mardin 641-yili Emaviy qo’shini tomonidan zabt etilgach, u yerda islom davri boshlanadi. Shahar va atrofiga joylashgan arab aholi shaharni bunyod eta boshladi va ularning qoldirgan tarixiy asarlari kunimizgacha yetib kelgan. Hudud Buyuk Saljuqiy Imperatorligi davrida turk hokimiyatining qo’liga o’tadi.  U yerda xizmat o’tgan Otabeylardan Artuk Gazi Saljuqiy davlatining to’ntarilishi bilan mustaqilligini e’lon qiladi. Mardindagi eng qadimgi jome’lardan biri bo’lgan Ulug’ jome’ 1176-yili barpo etilgan. O’sha davrlarda me’mor Zarif Artukluning asarlari shahar husniga husn qo’sha boshladi. Bo’rtirilgan qubbalar bilan shakllantirilgan jome’lar Mardinning manzarasiga nazar tashlab turgandek bo’ladi.  Bulardan tashqari, Artuklu zamonida qurilgan ilm dargohlari, madrasalar va bularning soyasida rivojlangan ilm-fan ham diqqatlarni o’ziga jalb qiladi. Bundan tashqari, hozirgi kunimizda Mardindagi o’ziga xos uylar diqqatingizni tortadi. U yerning iqlimi issiq bo’lgani sababli uylarda tom bo’lmaydi. Toshdan qurilgan uylarda mutlaqo ichki hovli mavjud. Insonlar yoz mavsumida jazirama issiq tufayli uylarning tomiga chiqib uhlaydilar. Torgina ko’chalarda mashina bilan aylanish juda qiyin. Mardin oxirgi paytlarda mahalliy va xorijlik sayyohlarning makoniga aylangan. Suriya va Iroqda tinchlik o’rnatilsa, Mardin ham Turkiyaning turistik maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Mardin Midyat yo’li orqali Hasankeyf hududiga ulanadi. Agar Mardinga yo’lingiz tushsa, o’ziga xos lazzatli taomlaridan ta’tib ko’rishni unutmang! “Adana-Urfa” deb nomlangan mashhur turk qabobining Mardinga xos turini mutlaqo iste’mol qilishingizni tavsiya qilamiz.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mardin , #tarix , #rin , #fors , #asar , #Anadolu

Aloqador xabarlar