To'ntaruv kirishuviga ijtioiy media orqali norozichilik ko'rsatdi

San'at olami 15-Iyungi to'ntaruv kirishuviga ijtimoi media orqali norozichilik ko'rsatdi.

532609
To'ntaruv kirishuviga ijtioiy media orqali norozichilik ko'rsatdi

San'at olamidan muhim isimlar, Fethullachi Terror Tashkilotining 15-Iyungi to'ntaruv kirishuviga ijtimoi media orqali norozichilik ko'rsatdi.

Aktrisa va xonanda Gulben Ergen, twitterdan 4 million kuzatuvchisi bilan "Bo'linmadik, Bo'linmaymiz" va "Askariy forma kiyib o'lkada qon to'kkan, qo'rquv solgan hayosizlar, bizga qarshi tura olmaydi" deb yozdi.

Twitter hisobidan tahminan 2 million 800 ming kishi kuzatib borgan bastakor va xonanda Emre Aydin, "Bu kabi voqealarning qayta bo'lmasligini tilaymiz. Shahidlarimiz uchun xafamiz. Xudo rahmat qilsin, To'ntaruvni rad etamiz" deb bayonot berdi.

Tahminan 3 million 800 ming kishi kuzatib borgan estrada xonandasi Mustafa Ceceli, "Har kim o'lkamizda to'ntaruv uyushtirmoqchi bo'lsa, eng og'ir shakilda jazolantirilishi kerak. Amali, tushunchasi, duolari "bir" bo'lgan millionlab inson va shahidlarimiz soyasida yoza olamiz" deb mulohaza bildirdi.

2,5 milliondan ziyod kuzatuvchisi bo'lgan Qo'shiqchi Hadise, "Xudo go'zal vatanimni qo'risin. Bu kabi qorong'u bir kechani qayta bo'lmasligini tilayman" deb yozdi.

Uskudar Kisiklidagi demokratiyani dastaklagan Davut Gulog'lu, "Demokratiya va millatni hurmat qilish kerak. Alloh vatanimizni va millatimizni qorisin. Hammamiz maydonlardamiz" deb yozmoqda.

Murad Dalkilich ham instagramdan, Turk bayrog'i bo'lgan rasm bilan "Millatimiz bilan birlik ichidamiz. Demokratiyaga zarar bermasin. Qurbonlarning ruhi shod bo'lsin" deb yozdi.



Aloqador xabarlar