Bugun musulmon olamida muborak ramazon hayitining birinchi kuni...

Turkiya Din ishlari komiteti rahbari Mehmet Go’rmez Ankarada “Ahmet Hamdi Akseki” jome’ida hayit namoziga imomlik qildi.

524109
Bugun musulmon olamida muborak ramazon hayitining birinchi kuni...

Bugun musulmon olamida muborak ramazon hayitining birinchi kuni nishonlanmoqda.

Bugun jome’-masjidlar hayit namoziga kelgan musulmonlarga to’lib toshdi.

Turkiya Din ishlari komiteti rahbari Mehmet Go’rmez Ankarada “Ahmet Hamdi Akseki” jome’ida hayit namoziga imomlik qildi.

Mehmet Go’rmez butun islom olamini hayit bayrami bilan tabrikladi.

“Bu bayram musulmonlarning muqaddas bayramidir. Qo’n to’kkanlarning emas, balki insoniyatga huzur-halovat olib kelganlarning bayramidir”,-deydi Mehmet Go’rmez.

Vatanidagi ichki urushdan qochib Turkiyaga sig’ingan Suriya xalqi ham qochqin lagerlaridagi chodirlarda hayit namozini a’do etdi.

Butun dunyoda musulmonlar hayit bayramlariga alohida ahamiyat bera boshladi.

Jumladan, Qozog’istonda musulmonlar hayit namozini o’qish uchun jome’-masjidlarga yo’l oldi.

Avstraliyada ham jome’larda to’plangan musulmonlar hayit namozini a’do qildilar.

Turkiya va boshqa ba’zi musulmon davlatlarda ramazon hayitining boshlanish kuni 5 iyul seshanba kuni deb belgilanar ekan, Saudiya Arabistoni, Iroq, Iordaniya, Misr, Livan, Qatar, Falastin, Sudan, Quvayt, Suriya, Yaman va Kongoda ramazon hayiti 6 iyul chorshanba kuni boshlanadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #ramazon , #hayit , #bayram , #namoz , #jome'

Aloqador xabarlar