Usmongazi tantanali marosim bilan xizmatga o'tdi

Dunyoda to'rtinchi, Yevropada ikkinchi eng uzun ko'prigi bo'lgan Usmongazi tantanali marosim bilan xizmatga o'tdi.

521879
Usmongazi tantanali marosim bilan xizmatga o'tdi
osmangazi köprüsü4.jpg
osmangazi köprüsü3.jpg
osmangazi köprüsü2.jpg
osmangazi köprüsü1.jpg

Dunyoda to'rtinchi, Yevropada ikkinchi eng uzun ko'prigi bo'lgan Usmongazi tantanali marosim bilan xizmatga o'tdi.

Istanbul bilan Izmir o'rtasidagi yo'l muddatini 9 soatdan 3,5 soatga tushuradigan Gebze-Orhangazi-Izmir avto yo'l loyihasining eng muhim qismini tashkil etgan ko'prikning ochilish marosimida, Prezident Rajab Tayib Erdo'g'an, Bosh Vazir Binali Yildirim va Albaniya Bosh Vaziri Edi Rama, Bosh Vazir O'rinbosari Numan Kurtulmush, Nuretin Janikli va Mehmet Shimshek, ko'p sonda vazir, deputat, siyosatchi, firma vakillari, xorijlik mehmonlar, hokimiyat rahbarlari va insonlar qatnashdi.

Prezdent Erdo'g'an, marsimda so'zlagan nutqida, terrorga qarshi kurash mavzusida qat'iylikka diqqat qaratdi.

Kelajakning bizlar uchun ijobiy bo'lishiga ishonaman degan Erdo'g'an, "Turkiya, bu jarayondan kuchayib chiqadi. Faqat bizlar birlik, barobarlik va qardoshligimizni muhofaza etaylik" dedi.

Erdo'g'an, terror balosi bartaraf qilinganda Janub va Janubi Sharqda muhim o'zgarishlar bo'lishini izohladi.

Terrorning, bir kun uni dastaklagalarni ham chayon misoli chaqishini ifoda etgan Erdo'g'an, "Bugun o'lkamizda portlatilgan bombalar, ertaga ularni o'lkamizga yuborganlarning boshida protlaydi. Bizlar, terrorni terro tashkilotlarini, terroristlarni rad etgan bir o'lkamiz. Bu uslubni boshqa davlatlardan ham kutamiz" deb so'zladi.

Rossiya va Isroil bilan yangi jarayonga to'xtalib o'tgan Prezident, bu jarayonning faqat Turkiya uchun emas, hududga ham ijobiy ask etishini tiladi. 

Erdo'g'an, Turkiyaning aloqalarda faqat o'z manfaatlarini ko'zlagan emas o'zaro, "qozon-qozon" asosiga tayanib bu hamkorlikni amalga oshirgan bir o'lka bo'lganiga diqqat qaratdi.

Bosh Vazir Binali Yildirim ham, bu dabdabali asarning terrorga qarshi bir javob bo'lganini bildirib,  "Terrorga qarshi, yana ko'p ishlab chiqarish, qardoshlik rishtalari bilan javob beramiz. Usmongazi Ko'prigi faqat bu yerni emas, ustidagi avto yo'l bilan Istanbul, Kojaeli, Yalova, Bursa, Balikesir, Manisa va Izmir viloyatlarini jonlantiradi" deb so'zladi.

Marosimdan keyin ko'prikda vosita haydagan Prezident Erdog'an va  Bosh Vazir Yildirim keyinchalik ishchilar va xalq bilan iftor dasturxoniga o'tdi.

Usmongazi Ko'prigi, 252 metrlik qal'a, quyu qismining 35,93 metr engi, 1550 metr o'rta masofasi va 2 ming 682 mert uzunlikka ega.

Izmir Ko'rfaziga o'tish uchun 6 daqiqaga borib yetish imkoni tug'dirgan ko'prikning xarajati 9 milliard dollar.



Aloqador xabarlar