"8. TRT hujjatli film mukofoti” Istanbulda egalariga topshirildi

TRT tomonidan uyushtirilgan “8. TRT hujjatli film mukofoti” Istanbulda uyushtirilgan marosim bilan egalariga topshirildi.

492643
"8. TRT hujjatli film mukofoti” Istanbulda egalariga topshirildi

Turkiya Radio Televideniya Tashkiloti (TRT) tomonidan uyushtirilgan “8. TRT hujjatli film mukofoti” Istanbulda uyushtirilgan marosim bilan egalariga topshirildi.

TRT Tepebashi Studiosidagi marosimda so’zlagan TRT Bosh Mudiri Shenol Go’ka, Oktyabr oyi bellashuvga qatnashgan 480 filmning tanlanganini va 38 hujjatli filmga baho berilganini bildirib, hakam hayatiga minnatdorchilik bildirdi.

Go’ka, bellashuvning joriy yilgi bo’limida “Urush va Majburiy ko’ch” bo’lganiga diqqat qaratib, “Suriyadagi ahvoldan, o’z o’lkalaridagi bosimlar tufayli vatanlarini tark etish majburiyatida qolgan qardoshlarimizga mezbonlik qilishga harakat qilayapmiz. O’z farovonligimiz uchun ularni chegarada tutmayapmiz, yoki tikonli silmlar o’rnatmadik” deb so’zladi.

Go’ka, bellashuvning “Xalqaro” kategoriyada birinchilik mukofotini olgan “Casa Blanca” hujjatli filmining rejisyori Aleksandra Macuszega mukofotini taqdim etti.

“Milliy Tajribalar” kategoriyasida “Yaman-Xalq qo’shig’ida saqli bo’lgan afsona” hujjatli filmi bilan “Eng yaxshi film” mukofoti TRT Boshqaruv Kengashi Rahbar O’rinbosari Rajap Shahin, “Milliy Tajribalar” kategoriyasida “Istanbul Tijorat Doirasi Maxsus Mukofoti” “Hech narsaga qaramay” hujjatli filmining rejisyori Emre Karapinar, “Madaniyat va Turizm Vazirligi maxsus Mukofoti” “Bir Sas Bir Nafas” mukofoti “Qora Roni: Nur soyasida” hujjatli filmining rejisyori Mevlud Chifchi, “Madaniyat va Turizm Vazirligi Maxsus Mukofoti” “Yuroqida Besh Ayol” hujjatli filmining rejisyori Eje Kinajiga topshirildi.

“Xalqaro” kategoriyada esa, ikiknchi saylangan “Rahina” filmining rejisyori Jean-Cosmo Delalo, “Madaniyat va Turizm Vazirligi Maxsus Mukofoti” “Protokolga Ko’ra” filmining rejisyori Anne-Marieke Graafmans loyiq deb topildi.

 



Aloqador xabarlar