34-Xalqaro Fadjr kinofil’m festivalida turk rejissor Emin Alper mukofot sohibi bo’ldi

Rejissor Emin Alper “Qamal” nomli kinofil’mi bilan eng yaxshi rejissor mukofotiga loyiq deb topilgan.

478277
34-Xalqaro Fadjr kinofil’m festivalida turk rejissor Emin Alper mukofot sohibi bo’ldi

Eronning poytaxti Tehronda o’tkazilgan 34-Xalqaro Fadjr kinofil’m festivalida turk rejissor Emin Alper mukofot sohibi bo’ldi.

Emin Alper “Qamal” nomli kinofil’mi bilan eng yaxshi rejissor mukofotiga loyiq deb topilgan.

Vahdet zalida o’tkazilgan tantanali marosimda mukofotlar o’z egalariga topshirildi.

“Qamal” kinofil’mi Emin Alperning kariyerasidagi ikkinchi uzun metrajli kinofil’m bo’lib hisoblanadi.

Mazkur kinofil’m Turkiya, Qatar va Fransiya hamkorligida ishlab chiqildi.

Fil’mda siyosiy krizis davrida hayotda o’z o’rnini topishga intilgan ikki aka-ukaning hayoti hikoya qilinadi.

O’tgan yili o’tkazilgan 33- Xalqaro Fadjr kinofil’m festivalida turk rejissor Faruk Hajihafizog’lu “Qor qaroqchilari” nomli kinofil’mi bilan mukofotga sazovor bo’lgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar