Turkiyada turizm haftasi 15-22 aprel...

Turkiya chiroyli tabiati, iqlimi, madaniyati bilan 2023 yilgacha dunyo turizmining cho'qqisidan joy olishga intilmoqda.

471593
Turkiyada turizm haftasi 15-22 aprel...

Turkiyada 15-dan 22-aprelgacha turizm haftasi deb e'lon qilindi.

Dunyoda 20-asrdan e'tiboran rivojlangan turizm faoliyatlari farqli davlat fuqarolarining yangi madaniyatlar bilan tanishishiga va xorij mamlakatlarga borib dam olishiga imkon yaratdi.

Kunimizda madaniyat, dengiz, salomatlik va xatto sport kabi bir qator sohada turistik sayohatlar uyushtirilmoqda.

Jumladan, Turkiya ham tabiati, iqlimi, madaniyati bilan 2023 yilgacha dunyo turizmining cho'qqisidan joy olishga intilmoqda.

Tegishli davlat tashkilotlari, mamlakatga dam olish uchun kelgan sayyohlar, xususiy firmalar, ko'lgilli turizm elchilari bu maqsadga erishish yo'lida katta hissa qo'shmoqdalar.

Yoz fasli kirib kelar ekan, insonlar dam olish rejalarini tuzayotgan bir paytda jannatmakon Turkiya musaffo havosi va chiroyli tabiati bilan, ming yilga borib taqalgan tarixiy va madaniy boyliklari bilan dunyoning har tomonidan sayyohlarni kutib qoladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #turizm , #haftasi , #sayyohlik , #sayohat

Aloqador xabarlar