Nyu Yorkda Izmirdagi tarixiy asarlar asosida ko'rgazma ochildi

Ko'rgazmada Yunoniston, Italiya, Tunis, Amerika Qo'shma Shtatlari va ba'zi Yevropa davlatlaridagi muzeylardan keltirilgan jami 265 ta tarixiy asar namoyish qilinmoqda.

470408
Nyu Yorkda Izmirdagi tarixiy asarlar asosida ko'rgazma ochildi

Amerika Qo'shma Shtatlarining Nyu York shahridagi Metropolitan muzeyida Izmirning Bergama tumanidagi boy madaniy meroslar asosida ko'rgazma ochildi.

Helenistik davrning eng muhim tarixiy siymolaridan biri bo'lgan Makedoniya Qiroli Iskandar davridan qolgan madaniy merosning bir qismi ko'rgazmada namoyish qilinmoqda.

“Bergama va antik dunyoning Helenistik qirolliklari" nomli ko'rgazma meloddan oldingi 336- meloddan keyingi 30-yillar o'rtasidagi davrning madaniyatiga va texnik sohadagi sanoqli muvaffaqiyatlarga e'tibor qaratadi.

Ko'rgazmada Yunoniston, Italiya, Tunis, Morokko, Amerika Qo'shma Shtatlari va ba'zi Yevropa davlatlaridagi muzeylardan keltirilgan jami 265 ta tarixiy asar namoyish qilinmoqda.

Ko'rgazma 18 apreldan 10 iyulgacha davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #ko'rgazma , #Nyu York , #Izmir , #Bergama , #meros , #tarix

Aloqador xabarlar