Kosovada yana bir bor "Turk jazz haftasi" tadbiri o’tkazilmoqda

Ushbu tadbir, Yunus Emre nomidagi institut tomonidan uyushtirilib kelinmoqda.

470262
Kosovada yana bir bor "Turk jazz haftasi" tadbiri o’tkazilmoqda

Yunus Emre nomidagi institut tomonidan uyushtirilgan 5-Turk jazz haftasi, Kosova poytaxti Pristinada 12-aprel kuni boshladi.

Pristina va Yakovada 16-aprelgacha turli konsert dasturlari bilan davom etadigan ushbu tadbirning ilk kuni, Merjan Dede sahnaga chiqdi.

Pristina Yoshlar saroyidagi konsert dasturiga, musiqa shaydolarining qiziqishi katta edi.

Turk jazz haftasining ochilish marosimida so'zga chiqqan Turkiyaning Pristina elchisi Kiviljim Kilich, xalq e'tibor qaratgan bunday tadbirda ishtirok etishdan hursand ekanligini va faxrlanganligini belgilab o'tgan holda, bu tadbirga, oldingi yillarda ham katta e'tibor qaratilgani tufayli bu yil ham uyushtirilganligini aytdi.

Yunus Emre nomidagi institutning, Bolqon koordinatori Rahman Ademi ham Turk jazz haftasining Kosovada an'anaga aylanganligini ifodaladi.



Aloqador xabarlar