BMT Bosh markazida Navro'z bayrami nishonlandi

TURKSOY tashabbusi bilan to'plangan taxminan 150 san'atkor Navro'z bayrami munosabati bilan BMT Umumiy kengashi saroyida konsert berdi.

460298
BMT Bosh markazida Navro'z bayrami nishonlandi

BMT Bosh markazida Navro'z bayrami nishonlandi.

Xalqaro turk madaniyati tashkiloti TURKSOY tashabbusi bilan to'plangan taxminan 150 san'atkor BMT Umumiy kengashi saroyida Navro'z bayrami munosabati bilan konsert berdi.

BMT tomonidan madaniyat merosi sifatida qabul qilingan Navro'z ko'plab diplomatlar va mehmonlarning tashrifi bilan tantanali ravishda o'tkazildi.

Bu yilgi marosimlar Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkmaniston mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlandi.

Marosimda so'zga chiqqan BMT Bosh kotib o'rinbosari Jan Eliasson Navro'z BMT uchun madaniyat merosi ekanini tilga olib, BMT saroyida TURKSOY konsertini tomosha qilish a'lo kayfiyat baxsh etganini tilga oldi.

TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov Turkiya va Belgiyada sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoralab, ushbu qonli hujumlar tufayli Navro'z g'amginlik bilan nishonlanganini aytib o'tdi.

Ma'ruzalardan so'ng, 15 davlatdan kelgan taxminan 150 san'atkor o'z konsert dasturini namoyish qildi.


Tanlangan kalimalar: #Navro'z , #TURKSOY , #bayram , #BMT , #konsert

Aloqador xabarlar