Singapurdagi Xalqaro Changi aeroporti dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topildi

Skytrax Jahon aeroporti mukofotlari rasmiy internet saytida e'lon qilingan yo'lovchi anketa natijalariga ko'ra, Singapurdagi Xalqaro Changi aeroporti 1-o'rinni egalladi.

452791
Singapurdagi Xalqaro Changi aeroporti dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topildi

Singapurdagi Xalqaro Changi aeroporti ketma-ket dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topildi.

Skytrax Jahon aeroporti mukofotlari rasmiy internet saytida e'lon qilingan yo'lovchi anketa natijalariga ko'ra, Singapurdagi Xalqaro Changi aeroporti 1-o'rinni, Janubiy Koreyaning poytaxti Seulda xizmat bergan Incheon Xalqaro aeroporti 2-o'rinni va Germaniyadagi Xalqaro Munih aeroporti esa, 3-o'rinni oldi.

2016 yilni ham hisobga olgan holda jami 4 yildan beri ketma-ket dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topilgan Xalqaro Changi aeroporti oxirgi 16 yil ichida 7 marta bu mukofotga loyiq deb topildi.

Xalqaro Changi aeroporti yo'lovchilarning kutish jarayonida har turli imkoniyatlarni yaratib berish jihatidan ham eng yaxshi aeroport deb topildi.

Jahon aeroportlari mukofotlari Skytrax tadqiqot shirkati tomonidan dunyoda 550 aeroportda 106 xil millatdan jami 13 mln 250 ming yo'lovchi bilan olib borilgan anketa natijalariga ko'ra belgilandi.



Aloqador xabarlar