“Beatles" musiqiy guruhining vokalchisi John Lennonga tegishli bir tutam soch 35000 dollarga sotildi

Ashaddiy muhlisi tomonidan qastdan o'ldirilgan Lennonning 50 yildan beri saqlangan sochi Amerika Qo'shma Shtatlarining Dallas shahridagi kimoshdi savdosida sotuvga chiqarildi.

438539
“Beatles" musiqiy guruhining vokalchisi John Lennonga tegishli bir tutam soch 35000 dollarga sotildi

Afsonaviy “Beatles" musiqiy guruhining 1980 yili bevaqt olamdan o'tgan vokalchisi John Lennonga tegishli bir tutam soch 35000 dollarga sotildi.

Ashaddiy muhlisi tomonidan qastdan o'ldirilgan Lennonning 50 yildan beri saqlangan sochi Amerika Qo'shma Shtatlarining Dallas shahridagi kimoshdi savdosida sotuvga chiqarildi.

Lennon 1967-yili tasvir olingan “How I Won the War" kinofil'midagi ro'li tufayli sochini qirqtirgan edi.

Nemis sartaroshi tomonidan saqlangan 10 smlik soch ingliz kollektsioner Paul Fraser tomonidan 35000 dollarga (103000 TL) sotib olindi.



Aloqador xabarlar